Hodisalar

Ozodlikka chiqarilgan Islom Toʻlaganov jazoni qayerda oʻtamoqda?

© SputnikIslom Tulaganov
Islom Tulaganov  - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekiston IIV Borovskiy nomidagi tibbiyot kolleji oʻquvchisi Jasur Ibrohimov oʻlimiga sabab boʻlgan Islom Toʻlaganovning muddatidan ilgari ozodlikka chiqarilishi yuzasidan rasmiy axborot berdi.

TOSHKENT, 15 apr - Sputnik. Oʻzbekiston IIV Islom Toʻlaganovning muddatidan ilgari ozodlikka chiqarilishi yuzasidan rasmiy axborot berdi.

Xabarda qayd etilishicha, jinoyat ishlari boʻyicha Navoiy shahar sudi tomonidan qamoq muddati axloq tuzatish ishlariga almashtirilgan Islombek Toʻlaganov jazoning qolgan qismini Toshkentning Mirzo Ulugʻbek tumani Probatsiya xizmati nazorati ostida oʻtamoqda.

Preniya advokatov, delo Jasura Ibragimova - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Hukm oldidan muzokara: Jasur Ibrohimov oʻlimida birgina Islom Toʻlaganov aybdormi?

Taʼkidlanishicha, sud qaror qabul qilishda Islombek Toʻlaganov jazoni ijro etish vaqtida koloniyada oʻrnatilgan tartibni buzmagani, vijdonan mehnat qilganiga eʼtibor qaratgan.

Eslatib oʻtamiz, 2017 yil 30 oktyabr kuni jinoyat ishlari boʻyicha Toshkent shahar Mirobod tuman sudi tomonidan may oyida Borovskiy nomidagi tibbiyot kolleji oʻquvchisi Islombek Toʻlaganovga oʻz kursdoshi Jasur Ibrohimovni kaltaklab, uning oʻlimiga sabab boʻlgani uchun olti yil muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlangan edi.

Islom Tulaganov - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
Islombek Toʻlaganov nega 6 yilga ozodlikdan mahrum etildi - sudya izohi

Oʻzbekiston Jinoyat kodeksining 90- moddasi (jazoni yengilrogʻi bilan almashtirish) va Jinoyat-protsessual kodeksining 536-moddasiga (jazodan muddatidan ilgari shartli ozod qilish va jazoni yengilrogʻi bilan almashtirish tartibi) muvofiq, Islombek Toʻlaganovga tayinlangan jazoning oʻtalmay qolgan 4 yil 5 oy 15 kunlik qismi axloq tuzatish ishlari va ish haqining davlat hisobiga 20 foizi ushlanib qolishiga almashtirildi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala