Jamiyat

Amalga oshirilishi kerak boʻlgan ishlar juda koʻp: Saida Mirziyoyeva yangi ish joyi haqida

Saida Mirziyoyeva
Saida Mirziyoyeva - Sputnik Oʻzbekiston
“Yangi jamoa, mutaxassislar bilan tanishdim, oldimizga qoʻyilgan vazifalar yuzasidan oʻzaro fikr almashdik”, – deb yozgan Saida Mirziyoyeva.

TOSHKENT, 15 apr – Sputnik. Prezident Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori oʻrinbosari Saida Mirziyoyeva oʻzining Facebookdagi rasmiy sahifasida yangi lavozimdagi birinchi ish kuni taassurotlari bilan oʻrtoqlashdi.

Saida Mirziyoyeva stala zamdirektora Agentstva informatsii i massovыx kommunikatsiy - Sputnik Oʻzbekiston
Saida Mirziyoyeva Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligiga direktor oʻrinbosari boʻldi

"Bugun Prezident Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligidagi birinchi ish kunim. Yangi jamoa, mutaxassislar bilan tanishdim, oldimizga qoʻyilgan vazifalar yuzasidan oʻzaro fikr almashdik.

Amalga oshirilishi kerak boʻlgan ishlar juda koʻp. Muammolar ham yetarlicha. Ularni hal qilish tinimsiz mehnat talab etadi. Zimmamizdagi bu vazifalarni Agentlikning kuchli jamoasi bilan birgalikda va hamjihatlikda uddalaymiz, deb ishonaman", — deb yozadi Saida Mirziyoyeva.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala