Angliyalik futbolchi tortishuv so‘ngida raqibini o‘pib oldi

© Foto: KSN Sports / youtubeSudya poschital nesportivnim povedenie Eshli Barnsa, kotoriy potseloval sopernika vo vremya matcha.
Sudya poschital nesportivnim povedenie Eshli Barnsa, kotoriy potseloval sopernika vo vremya matcha. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Eshli Bars ismli futbolchi raqibi bilan janjallashib qoldi va janjal oxirida uni o‘pib oldi. Hakam ushbu ishi uchun unga sariq kartochka berdi.

TOShKENT, 16 apr - Sputnik. Angliyaning "Bernli" klubi hujumchisi Eshli Barns raqibini o‘pib olgani uchun sudadan sariq kartochka oldi, deb xabar qilmoqda  Sport Bible nashri.

"Kardiff" klubi bilan bo‘lgan o‘yinning birinchi taymi oxirida Eshli Barns raqib o‘yinchilaridan biri bilan tortishib qoldi va janjal oxirida (unga musht tushirishdan o‘zini tiyish uchun bo‘lsa kerak...) raqibining burnidan o‘pib oldi.

Sportivniy kommentator, televedushiy Vasiliy Utkin  - Sputnik O‘zbekiston
Futbol sharhlovchisi Vasiliy Utkinga hujum uyushtirildi

Ushbu qilmishi “Kardif” o‘yinchisiga jiddiy zarar yetkazmagan bo‘lsada, arbitr unga sariq kartochka ko‘rsatdi. O‘yin "Bernli" klubi foydasiga 2:0 hisobida hal bo‘ldi.

Futbolchilar ba’zan o‘zlarini juda agressiv tutishi so‘nggi vaqtlarda tez-tez kuzatilmoqda. Masalan, o‘tgan yil rossiyalik futbolchilar Kokorin va Mamayev bir necha kishini do‘pposlagani uchun qamoqqa olingan edi. Ular hozirgacha qamoqxonada, sud hukmini kutishmoqda.

Yaqinda “Spartak” klubi futbolchisi Ayaz Guliyev svetoforning qizil chirog‘iga o‘tib ketayotib, yashil chiroq ostida harakatlanayotgan piyodani turtib ketadi. Bu ham yetmagandek mashinadan tushib uning yuziga bir necha musht tushiradi.

Keyin ma’lum bo‘lishicha piyoda AQSh fuqarosi bo‘lib chiqadi va uning burni singani qayd etiladi. Futbolchi darhol undan kechirim so‘rab, davlash bilan bog‘liq xarajatlarini qoplashga va’da beradi. Shunga qaramasdan futbol klub rahbariyati Guliyevni jiddiy jazolashni va’da bergan.

Yangiliklar lentasi
0