Burak O‘zchivitning yangi tug‘ilgan o‘g‘liga Toshkentdan uy sovg‘a qilindi - OAV

© InstagramNovorojdenniy sin Buraka Ozchivita budet jit v Tashkente
Novorojdenniy sin Buraka Ozchivita budet jit v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
“Sevgi iztirobi” serialida o‘ynagan aktori Burak O‘zchivit 13-aprel kuni o‘g‘illi bo‘ldi.

TOShKENT, 16 apr – Sputnik. Yangi tug‘ilgan chaqaloq - Karan O‘zchivitga O‘zbekistonda yangi turar-joy qurilishi bilan shug‘ullanuvchi developerlik kompaniyasi Toshkentdan uy sovg‘a qildi. Bu haqda Rusturkey.com Turkiya OAVlariga asosan xabar qildi.

Tureskiy akter Burak Ozchivit - Sputnik O‘zbekiston
Burak O‘zchivit ota bo‘ldi

Eslatib o‘tamiz, “Sevgi iztirobi” seriali orqali tomoshabinlarga tanish turk aktori Burak O‘zchivit farzandli bo‘ldi.

Burak O‘zchivitning rafiqasi Faxrie Evdjen o‘g‘il farzand ko‘rgan.

Bolakayga Karan deb ism qo‘yishgan. Tug‘ilgan vaqtida uning og‘irligi 3,67 kilo, bo‘yi esa 52 smni tashkil qilgan.

Xabarga ko‘ra, Burak O‘zchivit o‘g‘li nomidan sovg‘ani mamnunlik bilan qabul qilgan.

Yangiliklar lentasi
0