"Gazprom" Turkmanistondan yana gaz sotib ola boshladi

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishOAO "Gazprom"
OAO Gazprom - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Uch yillik tanaffusdan so‘ng “Gazprom” Turkmanistondan yana gaz sotib ola boshladi.

TOShKENT, 16 apr - Sputnik. Rossiyaning "Gazprom eksport" kompaniyasi "Turkmengaz" bilan gaz sotib olish haqida yangi shartnoma imzoladi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

“Gazprom eksport” tarkibiga kiruvchi "Gazprom Shvays AG" (Gazprom Schweiz AG) kompaniyasi 15-aprel kuni “Turkmengaz” davlat kompaniyasi bilan tabiiy gaz sotib olish haqida yangi shartnoma imzoladi. Shartnomaga muvofiq Rossiya kompaniyasi “Turkmengaz”dan 30-iyunga qadar 1,155 milliard metr kub tabiiy gaz sotib olishni rejalashtirgan” – deyilgan xabarda.  

Eslatib o‘tamiz, 2008-yilga qadar “Gazprom” Turkmaniston gazining eng yirik xaridori edi. Mamlakatda qazib olingan 70 milliard metr kub gazning 47 milliard kubini “Gazprom” sotib olar edi.

2009 yilda “Gazprom” va Turmaniston orasida gaz narxi va yetkazib berish shartlari borasida kelib chiqqan kelishmovchilik tufayli Rossiya Turkmanistondan gaz xarid qilishni hajmini qisqartirgan edi. 

Yangiliklar lentasi
0