Nokaut: AQShda rossiyalik xokkeychilar o‘rtasida mushtlashuv sodir bo‘ldi - video

© Sputnik / Maksim Bogodvid / Mediabankka o‘tishRossiyskiy xokkeist Aleksandr Ovechkin
Rossiyskiy xokkeist Aleksandr Ovechkin - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Stenli Kubogi o‘yini davomida rossiyalik sportchilar Ovechkin va Svechnikov o‘rtasida mushtlashuv sodir bo‘ldi.

TOShKENT, 16 apr – Sputnik. Stenli Kubogining 1/8 finali o‘yinida “Karolina” jamoasi hujumchisi Andrey Svechnikov va “Vashington” jamoasi sardori Aleksandr Ovechkin o‘rtasida mushtlashuv sodir bo‘ldi.

RIA Novosti yozishicha, Ovechkin o‘z raqibini nokaut qildi. Buning ortidan ikkila rossiyalik sportchi o‘yindan 5 daqiqaga chetlashtirildi. Svechnikov keyin o‘yinga qaytmadi.

"Karolina" jamoasi "Vashington Kepitalz" jamoasini 5:0 hisobda mag‘lubiyatga utratdi. Uorren Fegele, Dagi Xemilton, Brok Makginn shayba kiritdilar.

 Ikki yil avval Aleksandr Ovechkin “Vashington”- “Kolambus” matchida ommaviy mushtlashuvni boshlagandi. Ovechkin Zak Varenskini kaltaklab, unga jarohat yetkazgandi. Shundan so‘ng xokkey maydonida ommaviy mushtlashuv boshlanib ketadi. Mushtlashuvda Ovechkin Josh Andersonga kuchli zarba berib, burnini sindiradi.

Yangiliklar lentasi
0