Jamiyat

Toshkent markazida ikki zoʻravon skeytchilarni kaltakladi

© Sputnik / Vitaliy Ankov / Fotobankka oʻtishSportsmen-skeytbordist vыstupayet v skeyt-parke
Sportsmen-skeytbordist vыstupayet v skeyt-parke - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Boʻlib oʻtgan voqea yuzasida barcha materiallar Yakkasaroy tumani maʼmuriy sudiga yuborildi.

TOSHKENT, 16 apr - Sputnik. Toshkent shahar IIBB 14 aprel kuni “Moviy gumbazlar” restorani yaqinidagi skeyt maydonchasida sodir boʻlgan hodisa yuzasidan xabar eʼlon qildi.

© OdnoklassnikiSkeyterы protiv kachkov: samaya obsujdayemaya draka v Tashkente - video
Toshkent markazida ikki zoʻravon skeytchilarni kaltakladi - Sputnik Oʻzbekiston
Skeyterы protiv kachkov: samaya obsujdayemaya draka v Tashkente - video

Biroz oldin ushbu maydonchada sodir boʻlgan voqea haqida videolavha ijtimoiy tarmoqlarda katta shov-shuvlarga sabab boʻlgan edi. Unda xabar qilinishiga koʻra, skeytchilar maydonchada sayr qilayotgan yosh bolali onadan, bolasi tasodifan jarohatlanmasligi uchun, uni skeyt uchish maydonidan olib chiqishni soʻrashadi. Bunga javoban u ayol ikki yigitni telefon orqali chaqiradi. Ular kelib skeyt uchayotgan bolalarni musht yordamida “tarbiyalashga” tushadi.

Ushbu holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB quyidagilarni maʼlum qildi: Mojaro 40 yoshli A.M., 28 yoshli E.T. hamda 22 yoshli P.K., K.K., va R.X.lar, orasida sodir boʻlgan.

“Voqea joyiga tezkorlik bilan yetib kelgan YPX guruhi janjalni toʻxtatdi. 22 yoshli P.K., K.K. va R.X.lar olgan jarohatlari tufayli shifokorga murojaat qilishdi", — deyilgan xabarda.

Ushbu holat yuzasidan jamlangan materiallar Yakkasaroy tumani maʼmuriy sudiga yuborilgan.

Yangiliklar lentasi
0