Jamiyat

Toshkentda direktor qarindoshi oʻquvchilarni ayovsiz kaltaklagani haqidagi xabarga izoh berildi

© Sputnik / Said Tsarnayev / Fotobankka oʻtishPrepodavatel v auditorii shkolы
Prepodavatel v auditorii shkolы - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Boshlangʻich sinf oʻqituvchisi bilan mehnat shartnomasi bekor qilingan. Oʻquvchi onasining arizasiga koʻra boshqa sinfga oʻtkazilgan.

TOSHKENT, 16 apr - Sputnik. Oʻzbekiston Xalq taʼlimi vazirligi ayrim internet nashrlarida eʼlon qilingan Toshkentda direktorning qarindoshi oʻquvchilarni ayovsiz kaltaklagani haqidagi xabarlarga rasmiy izoh berdi.

Prazdnik v russkoy shkole Ferganы - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Ota-onalarni xorijga ishlash uchun chiqishlarini cheklash haqida taklifi boʻyicha XTV izoh berdi

Maʼlum boʻlishicha, joriy yilning 19 martida Uchtepa tumanidagi 245-umumtaʼlim maktabida oʻquvchini sinf rahbari doskaga chaqirgan. Oʻquvchini javobidan qanoatlanmasdan tanbeh berib, uning qoʻliga urgan. Shu kuni oʻquvchining onasi maktabning oʻquv-tarbiya ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosariga farzandi bilan sodir boʻlgan holat yuzasidan shikoyat qilgan.

"Maktabning oʻquv-tarbiya ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari sinf rahbari va oʻquvchining onasi bilan suhbatlashgan. Suhbat yakunida oʻquvchining onasi ushbu holat yuzasidan eʼtiroz bildirmasligini maʼlum qilib, maktab rahbariyatiga boshqa murojaat qilmagan", - deyiladi xabarda.

Taʼkidlanishicha, oʻquvchining buvisi OAVga murojaat qilishi natijasida sodir boʻlgan voqea keng muhokamaga sabab boʻladi.

XTV sodir boʻlgan holat maktabning pedagogik jamoasi oʻrtasida 2019 yilning 1 aprel kuni oʻtkazilgan ishlab chiqarish yigʻilishida muhokama etilgani, boshlangʻich sinf oʻqituvchisi bilan mehnat shartnomasi bekor qilingani, oʻquvchi esa onasining arizasiga koʻra boshqa sinfga oʻtkazilganini maʼlum qildi.

Yangiliklar lentasi
0