Jamiyat

Yurak faoliyatini yaxshilovchi oddiy usul maʼlum qilindi

© Sputnik / Mixail Mokrushin / Fotobankka oʻtishZanyatiya yogoy.
Zanyatiya yogoy. - Sputnik Oʻzbekiston
Amerikalik mutaxassislar qon bosimini pasaytirish va yurak qon-tomir tizimi faoliyatini barqarorlashtirishga yordam beruvchi toʻgʻri usulni maʼlum qildi.

TOSHKENT, 15 apr – Sputnik. Amerikalik mutaxassislar yurak faoliyatini yaxshilovchi oddiy usulni maʼlum qilishdi. Bu haqda Amerika kardiologiya assotsiatsiyasi xabar qildi.

“Yoga qon bosimini pasaytirish va yurak qon-tomir tizimi faoliyatini barqarorlashtirishga yordam beradi”.

Tadqiqot natijalariga koʻra, muntazam ravishda yoga bilan shugʻullanish qondagi xolesterin miqdorini kamaytirishda koʻmaklashadi. Shuningdek, stressga qarshi kurashishga yordamlashadi.

Chernika - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Inson xotirasini yaxshilaydigan 7 ta mahsulot roʻyxati – AQSH olimlari tadqiqoti

AQSH Emori universiteti dotsenti Puja Mexta soʻzlariga qaraganda, aynan qaygʻu-hasrat va ruhiy siqilish holati tufayli yurak bilan boʻlgan muammoning paydo boʻlishi oshadi.

Mutaxassisning maʼlum qilishicha, yoga bilan shugʻullanayotganda chuqur nafas olish va oʻzini erkin his qilish holatlari sababli ruhiy siqilishlarning salbiy oqibatlari kamayadi.

Oʻtkazilgan tadqiqot davomida mutaxassislar yoga bilan shugʻullanish yurak- qon-tomir tizimini sogʻlomlashtirishini aniqlashdi. Xususan, 12 haftalik kurs davomida bemorlarning yurak qisqarish tezligi va qon bosimi pasaygani kuzatilgan. Shuningdek, ularning ruhiy ahvoli ancha yaxshilashgan.

Qayd etish joizki, yoga bilan shugʻullanishdan oldin mutaxassis bilan maslahatlashish va yogani oddiy mashqlardan boshlash tavsiya etiladi.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq yurak qon-tomir xastaligi muammolariga duch kelganlarga banan isteʼmol qilmasliklari tavsiya etilishi va banan infarkt va insultni boshidan kechirgan bemorlarning qayta tiklanish jarayonini sekinlashtirishi haqida xabar qilgan edik.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala