TOSHKENT, 16 apr - Sputnik. Oʻzbekiston va Qozogʻiston yangi xalqaro Samarqand-Turkiston avtobus qatnovini ishga tushirdi, deb xabar qildi "Zarafshon" nashri.
Xabarda aytilishicha, reyslar har kuni soat 18:00 da "Oltin Oʻrda" avtovokzalidan "Samarqand" avtovokzaligacha qatnaydi.
Chimkent, Guliston va Jizzax shaharlarida toʻxtash joylari bor.
"Marshrutni ochish Oʻzbekiston va Qozogʻistonga sayohatchilar oqimini oshishiga yordam beradi", - deyilgan xabarda.
Eslatib oʻtamiz, kuni kecha Qozogʻiston prezidenti Kasim-Jomart Tokayevning Oʻzbekistonga birinchi davlat tashrifi davomida ikki davlat rahbarlari turizm, sport, madaniyat va boshqa sohalarida hamkorlikni yanada jadallashtirishda qatʼiy ekanliklarini tasdiqlagan edilar.