Ertaga Oʻzbekistonda qanday ob-havo kuzatiladi?

© Sputnik / Valeriy Melnikov / Mediabankka oʻtishGoroda Mira. Tashkent
Goroda Mira. Tashkent - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Oʻzbekiston Gidrometeorologiya markazi 18 aprelda mamlakatda kuzatiladigan ob-havo haqida maʼlumot berdi.

TOSHKENT, 17 apr — Sputnik. Oʻzbekiston Gidrometeorologiya markazi 18 aprelda Oʻzbekistonda kuzatiladigan ob-havo haqida maʼlumot berdi.

Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 18 aprel kuni Toshkent shahrida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik boʻlmaydi. Sharqdan esayotgan shamol oʻz yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan sekundiga 5-10 metr tezlikda esadi. Baʼzi joylarda shamolning tezligi sekundiga 12-17 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 12-14, kunduzi 25-27 daraja iliq boʻladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik boʻlmaydi. Sharqdan esayotgan shamol oʻz yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Baʼzi joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 12-17, kunduzi 22-27 daraja iliq boʻladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik boʻlmaydi. Sharqdan esayotgan shamol oʻz yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Baʼzi joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 13-18, kunduzi 25-30 daraja iliq boʻladi.

Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik boʻlmaydi. Sharqdan esayotgan shamol oʻz yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Baʼzi joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 10-15, kunduzi 22-27 daraja iliq boʻladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik boʻlmaydi. Sharqdan esayotgan shamol oʻz yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Baʼzi joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 12-17, kunduzi 23-28 daraja iliq boʻladi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo oʻzgarib turadi, ayrim joylarda yomgʻir yogʻib, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Gʻarbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 12-17, kunduzi 18-23 daraja iliq boʻladi.

Respublikaning togʻli hududlarida havo oʻzgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻib, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Qor koʻchishi xavfi bor. Sharqdan esayotgan shamol oʻz yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Baʼzi joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 3-8, kunduzi 13-18 daraja iliq boʻladi.

Yangiliklar lentasi
0