Iqtisod

HUMO toʻlov tizimi bizga nima uchun kerak?

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaDirektor Natsionalnogo mejbankovskogo protsessingovogo tsentra Shuxrat Kurbanov
Direktor Natsionalnogo mejbankovskogo protsessingovogo tsentra Shuxrat Kurbanov - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
HUMO toʻlov tizimi, bir terminal orqali har kanday bank kartalarini qabul qilish imkonini beradi.

TOSHKENT, 17 apr -  Sputnik. Xumo toʻlov tizimi Oʻzbekistonga nimalar olib kelishi haqida markaziy bank anjumanida Banklararo protsessing markazi direktori Shuhrat Qurbonov hikoya qilib berdi, Sputnik muxbiriga asosan.

Terminal oplatы bankovskimi kartami - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Humo bank kartalari 1 maydan ishga tushadi

Xorijiy mamlakatlarda bugungi kunda xaridor bank kartasini terminal ichga suqmasdan, kontaktsiz toʻlov yoki umuman telefon orqali toʻlovlarni amalga oshiradi.

Bizda esa, terminallar haligacha faqat bir xil - faqat soʻmda ishlaydigan kartalar qabul qilishi mumkin. Valyuta qabul qildigan terminallar soni bor yoʻgʻi 3000 ta ekan. 

Biz Humo yordamida qulay va arzon toʻlov tizimini tashkil qilmoqchimiz. Bizda ham kontaktsiz toʻlovlar joriy etiladi. 

Terminallar nafaqat Xumo, balkim MasterCard, Visa va UnionPay kartalarini ham qabul qilishga  tayyor. Yaqin kelajakda ular Uzcard tizimidagi kartalarni ham qabul qila boshlaydi. Biz hozir ular bilan muzokaralar olib bormoqdamiz, - dedi Milliy banklararo protsessing markazi direktori Shuhrat Qurbonov.

Xumo kartalarining soni va turi koʻp boʻladi

Bugun Oʻzbekistonda mavjud boʻlgan banklar kartalari bir biridan faqat dizayni bilan farqlanadi. Ularning imkoniyatlari mutlaq bir xil.

Zamestitel predsedatelya Tsentralnogo banka Uzbekistana Batыr Zaxidov - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Bank tizimini yil oxiriga qadar 3ta muhim yangilik kutmoqda - MB

Xumo toʻlov tizimida esa turli xil kartalar mavjud boʻladi. Bir maosh hisob raqamiga bir necha karta ulangan va ularning imkoniyatlari turlicha boʻlishi mumkin. Masalan, debet karta, kredit karta, bonus, mil yoki keshbek jamlovchi karta va ho kazo.

Biz kelajakda Xumo kartasi yordamida transport toʻlovlarini ham amalga oshirish imkonini kiritmoqchimiz.

Markazlashgan tizimdan voz kechish

Biz Xumo toʻlov tizimimizga har qanday bank uchun API ulanish imkonini beramiz. 2 yildan soʻng Xumo toʻlov tizimi mutlaq banklar ixtiyoriga topshiriladi. Yaʼni har bir bank oʻz protsessing markaziga ega boʻladi.

Bunda tizimning markaziy tizimga nisbatan bir necha ustuvorliklari bor. Masalan, biror joyda texnik nosozlik yuz bersa, bu lokal muammo sifatida qoladi, butun tizim toʻxtab qolmaydi.

Xumo kartalaridan komissiya olinadi

Bank karatalari joriy etilgan rivojlangan xorijiy mamlakatlarda har bir savdo nuqtasi toʻlov kartalaridan qabul qilgan mablagʻidan maʼlum foizini bankka toʻlaydi. Masalan,  Rossiyada ushbu toʻlovlar miqdori 2-2,5 %ni tashkil qiladi.

Uzcard - Sputnik Oʻzbekiston
Humo va Uzcard oʻrtasida nosogʻlom raqobat yuzaga kelgani aniqlandi

Oʻzbekistonda esa, butunlay boshqacha tartib. Bank kartalarini joriy etish yillarida, kartalarni kengroq tarqalish maqsadida biz savdo nuqtalari va foydalanuvchilar toʻlaydigan %lardan toʻliq voz kechganmiz. Lekin, kartalar ishlashi uchun xarajatlar bor, kimdir uni qoplashi kerak.

Ayni damda savdo nuqtalarini kartadan foydalangani uchun % toʻlajga majburlash amri mahol.Ular bunga rozi boʻlishmaydi, lekin kelajakda biz banklar va OAV orqali tushuntirish ishlari olib borib, shunday natijaga kelishimiz kerak.   

Hozircha Oʻzbekistonda Xumo kartalari foydalanuvchilari har bir toʻlovdan 0,2 %, internet toʻlovidan 0,1 % miqdorida komissiya toʻlaydi. Kelajakda ushbu toʻlovlar savdo nuqtalari zimmasiga yuklanishi mumkin.  

Majburiy boʻlmaydi

Xumo kartalarini olish ixtiyoriy boʻladi. Hech kim ularni birovga majburlab bermaydi. Xozircha Xumo kartalari bir necha banklar xodimlariga berilgan. Ularning maoshi qisman Xumo kartalariga oʻtkazilgan.

Bunday qilishga sabab – kartalar ishlashini tekshirish, sinovdan oʻtkazish boʻlgan. Tizimda biror muammo boʻlsa bank xodimlari uni tezroq anglab xabar berishlari mumkin.

Ikkinchidan, kartadan pul olishda muammo boʻlsa, ularda oʻz banklari kassasidan hech kanday muammosiz naqd pul olish imkoni bor.  

Xumo kartalari hech qanday tashkilot xodimlariga yoki davlat ishchilariga majburiy berilmaydi.

Yangiliklar lentasi
0