Nega erkaklar bevaqt hayotdan ko‘z yumadi?

Obuna bo‘lish
Mutaxassislar 1943-yilda Shvetsiyada tug‘ilgan 798 nafar erkak ishtirokida tadqiqot o‘tkazishdi.

TOShKENT, 17 apr – Sputnik. Shvetsiya olimlari erkaklardagi bevaqt o‘lim alomatini aniqlashdi. Bu haqda MedicalXpress portali xabar qilmoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, tinch holatda daqiqasiga 75-martadan ko‘p yurak urishi erkaklar o‘rtasidagi bevaqt o‘lim xavfini ikki baravarga oshirar ekan.

1973 yildan boshlab olimlar 1943-yilda Shvetsiyaning Goteborg shahrida tug‘ilgan 798 nafar erkak ishtirokida tadqiqot o‘tkazishgan. Har bir ko‘ngilli anketa to‘ldirib, unda o‘z turmush tarzi, oilasidagi yurak qon-tomir kasalliklari tarixi va stress (qattiq hayajon, ruhiy zarba holati) darajasi haqida yozishgan.

Kapsuli s ribim jirom - Sputnik O‘zbekiston
Yurak uchun eng foydali vitamin ma’lum qilindi

So‘ngra mutaxassislar ularni yurak urish maromiga qarab to‘rt guruhga ajratishdi: daqiqasiga 55-marta va undan kam, 55-65, 65-75 hamda 75-marta va ko‘proq.

Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, yuragi daqiqasiga 55-martadan ko‘p urgan ko‘ngillilar tamaki chekishgan va ko‘p hollarda stress holatini boshdan kechirishgan. Shu bilan birga, yuragi daqiqasiga 75-martadan ko‘p urgan kishilar boshqalarga nisbatan ikki marta ko‘proq yurak xastaliklariga chalingan. Bu esa ularning ushbu xastaliklardan bevaqt hayotdan ko‘z yumishlariga sabab bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq yoga bilan shug‘ullanish qon bosimini pasaytirish va yurak qon-tomir tizimi faoliyatini barqarorlashtirishga yordam berishi haqida xabar bergan edik.

Yangiliklar lentasi
0