Toshkent IIBB "Oʻlmas polk" marshi boʻyicha oʻz pozitsiyasini tushuntirdi

© SputnikAktsiya "Bessmertnыy polk" v Tashkente na territorii kompleksa "Bratskiye mogilы"
Aktsiya Bessmertnыy polk v Tashkente na territorii kompleksa Bratskiye mogilы - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Bugungi kunda IIBB matbuot-xizmati hokimiyat tomonidan "Oʻlmas polk" aktsiyasiga, shu jumladan koʻchalarda oʻtkaziladigan marshlarga ham ruxsat berilganidan xabardor emas.

TOSHKENT, 17 apr - Sputnik. Toshkent IIBB OAV vakillariga shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi poytaxtda "Oʻlmas polk" aktsiyasi oʻtkazilishida koʻmaklashadi, degan mazmundagi xabarlarni tarqatmaslikni soʻrab murojaat qildi.

Veteranы voynы tantsuyut na prazdnike 9 maya v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Ikkinchi jahon urushi faxriylariga yangi medal va pul mukofoti sovgʻa qilinadi

"Toshkent IIBB oʻtkaziladigan barcha bayramlarda tasdiqlangan rejaga muvofiq boshqa huquq-tartibot organlari bilan hamkorlikda jamoatchilik tartibi va fuqarolar xavfsizligini taʼminlaydi. Xususan, Yangi yil, Xalqaro xotin-qizlar kuni, Navroʻz bayramlarida shunday boʻlgan edi", - deyiladi xabarda.

Xabarga muvofiq, Oʻzbekistonda9 may sanasida nishonlanadigan xotira va qadrlash kuni rasmiy bayram sanaladi, va bu kunda IIBB shaxsiy tarkibi butun shahar boʻylab xizmat olib boradi. Shu jumladan, gulchambar qoʻyish tadbirlari oʻtkaziladigan joylarda, xususan, "Mangu olov" va "Shahidlar qabristoni"da ham.

"Hurmatli OAV xodimlari, uchinchi shaxslardan maʼlumot olganingizda xabarni Toshkent IIBB matbuot-xizmatida aniqlashtirib olishingizni iltimos qilamiz", - deb murojaat qilgan OAVga IIBB.

Bugungi kunda IIBB matbuot-xizmati hokimiyat tomonidan "Oʻlmas polk" aktsiyasiga, shu jumladan koʻchalarda oʻtkaziladigan marshlarga ham ruxsat berilganidan xabardor emas.

"15 aprel kuni oʻtkazilgan sayyor qabulda, qabulga "shaxsiy savol" bilan yozilgan toshkentlik Timur Ismoilov, qabul davomida shaxsiy savol oʻrniga ushbu aktsiya boʻyicha qiziqqan va yuqoridagi xabarda keltirilgan javobni olgan", - deb qoʻshimcha qilgan IIBB matbuot-xizmati.

Stend s knigami - Izdatelstvo Sharq Ziyokori Kitoblar Markazi direktor Umid Xalikov  - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Belarusda ikkinchi jahon urushi yillarida halok boʻlgan oʻzbeklar haqida kitob chop etiladi

17 aprel kuni Adliya vazirligi oʻzining telegrammdagi sahifasida koʻcha yurishlari, mitinglar oʻtkazish uchun qonunchilikda qanday jazo choralari koʻzda tutilganini yana bir bor eslatib oʻtdi.

"Yigʻilishlar, mitinglar, koʻcha yurishlari yoki namoyishlar uyushtirish yoxud oʻtkazish tartibini buzish oʻn besh sutkagacha muddatga maʼmuriy qamoqqa olinishiga sabab boʻlishi mumkin.

Agarda harakat tashkilotchisi aynan shu kabi harakatlar uchun ilgari maʼmuriy javobgarlikka tortilgan boʻlsa, unda ushbu shaxs jinoiy javobgarlikka tortiladi. Bunda maksimal jinoiy jazo sifatida 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilangan.

Bundan tashqari, ruxsat etilmagan yigʻilishlar, mitinglar, koʻcha yurishlari va namoyishlar qatnashchilariga binolar yoki boshqa mulk (aloqa vositalari, koʻpaytiradigan va boshqa xil texnik uskunalar, transport)ni berish yoki shunday tadbirlarni oʻtkazish uchun boshqa sharoitlarni yaratish fuqarolarga 20 mln 273 ming soʻmgacha, mansabdor shaxslarga esa 30 mln 409 ming soʻmgacha jarima solishga sabab boʻlishi mumkin", - deyiladi Adliya vazirligi xabarida.

"Oʻlmas polk" - "Bessmertnыy polk" — Ulugʻ Vatan urushi qatnashchilari xotirasini saqlab qolish maqsadida oʻtkaziladigan xalqaro fuqarolik-vatanparvarlik harakatidir. Yurish ishtirokchilari har yili Gʻalaba kunida oʻz qarindoshlarining suratlarini koʻtargan holda kolonna boʻlib koʻchalardan oʻtadilar.

Yangiliklar lentasi
0