Mahkumlar zamonaviy axborot-kommunikatsiya va innovatsion texnologiyalar asosida bilim oladi

© Sputnik / Maksim BlinovZaklyuchennie v kolonii
Zaklyuchennie v kolonii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Markazlar mahkumlarga sifatli bilim beradi va mehnat bozorida talab etiladigan kasblarga tayyorlaydi.

TOShKENT, 18 apr – Sputnik. 2019/2021 o‘quv yilidan mahkumlarni o‘qitish jarayoniga zamonaviy axborot-kommunikatsiya va innovatsion texnologiyalar joriy etiladi hamda bu bo‘yicha Harakatlar dasturi ishlab chiqiladi.

Bu Hukumatning “Ozodlikdan mahrum etilgan shaxslar uchun umumiy ta’lim va kasb-hunarga o‘qitish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida ko‘zda tutilgan

Dveri SIZO - Sputnik O‘zbekiston
Qamoqxonalardan ozod qilingan ayrim toifadagi shaxslar nazorati bo‘yicha qonun imzolandi

Ma’lum qilinishicha, O‘zbekistonda bugungi kunda jazoni ijro etish muassasalarida 6 ta idoraviy umumta’lim maktablari va maktablarning filiallari faoliyat yuritmoqda.

Qarorga muvofiq, Toshkent viloyati IIB Probatsiya va jazolarni ijro etish bo‘limi Tarbiya koloniyasining 5-maktabi Zangiota tumani 35-maktabi bilan birlashtirildi. Hamda Probatsiya va jazolarni ijro etish bo‘limi Tarbiya koloniyasida mazkur maktabning filiali tashkil etildi.

Shuningdek, Kasb-hunar ta’limi markazining jazoni ijro etish muassasalari hududidagi 4 ta kasb-hunar ta’limi muassasalari Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tasarrufiga o‘tkazilib kasb-hunarga o‘rgatish markazlariga aylantirildi.

O‘zbekiston qamoqxonalarida nechta qirg‘izistonlik borligi ma’lum bo‘ldi

Markazlar mahkumlarga sifatli bilim beradi va mehnat bozorida talab etiladigan kasblarga tayyorlaydi, deyiladi hujjat matnida.

Yangiliklar lentasi
0