TOSHKENT, 18 apr - Sputnik. Toshkent viloyatida 8 yoshli oʻquvchi qizning ziragini yechib olib ketgan ayol qoʻlga olindi.
Oʻzbekiston IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasining xabar qilishicha, ayol Nazarbek qoʻrgʻoni hududida 8 yoshli oʻrta maktab oʻquvchisi boʻlgan qizchaning qulogʻidagi ziraklarini yechib olib ketgan.
Koʻrilgan choralar natijasida talonchi ayol ushlangan, deyiladi xabarda
Jinoyatchiga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgangan va hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.