O‘zbekiston havo yo‘llari Indoneziyaga parvoz qila boshladi

Obuna bo‘lish
O‘zbekiston havo yo‘llari Indoneziya va Malayziyadan musulmonlar O‘zbekistonga kelib ketishi uchun qulay parvoz joriy etdi.  

TOShKENT, 18 apr – Sputnik. O‘zbekiston xavo yullari Jakartaga parvozlarini boshladi, deb xabar qildi kompaniya matbuot xizmati Sputnik muxbiriga.

“Toshkent – Jakarta – Toshkent” doimiy parvozlari 1-maydan boshlab haftasiga ikki marotaba – chorshanba va payshanba kunlari amalga oshiriladi.

Parvozlar  quyidgi jadval bo‘yicha Kuala – Lumpur shahri orqali amalga oshiriladi:

Chorshanba:       HY-551 Toshkent 06:45 –  Jakarta 21:00 (Kuala-Lumpur orqali)

                             HY-552 Jakarta 22:30 – Toshkent 07:00 (payshanba).

Payshanba:       HY-553 Toshkent 21:25 – Jakarta 09:25 (juma)

              (juma)    HY-554 Jakarta 10:50 – Toshkent 21:35 (Kuala-Lumpur orqali).

Yuqordagi jadval O‘zbekiston havo yo‘llari Indoneziya va Malayziyadan musulmonlarni O‘zbekistonga dam olish kunlari kelib ketishi yoki “kichik haj” safari uyushtirish uchun qulay tuzilgan.  

Yangiliklar lentasi
0