Mun Chje In Shavkat Mirziyoyevni Janubiy Koreyaga taklif etdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaGosudarstvenniy vizit Prezidenta Respubliki Koreya Mun Chje Ina v Uzbekistan
Gosudarstvenniy vizit Prezidenta Respubliki Koreya Mun Chje Ina v Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyev hamda Koreya Respublikasi prezidenti Mun Chje In tor va keng doirada muzokara o‘tkazdi.

TOShKENT, 19 apr – Sputnik. Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje In prezident Shavkat Mirziyoyevni o‘zi uchun qulay vaqtda Janubiy Koreyaga tashrif bilan borishga taklif etdi.

O‘zbekiston davlat rahbari matbuot xizmatining xabar qilishicha, bu haqda Koreya Respublikasi prezidenti Mun Chje In rasmiy kutib olish marosimidan so‘ng O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan bo‘lgan tor va keng doiradagi muzokaralar chog‘ida ma’lum qilgan.

“Janubiy Koreya O‘zbekistonning ishonchli va ustuvor sherigi. Men 2017-yilgi uchrashuvimizni mamnuniyat bilan eslayman. Muzokaralarimiz samimiy va konstruktiv ruhda o‘tgan, salmoqli hujjatlar imzolangan edi. Bu keyingi yillardagi hamkorlik rivojiga asos bo‘ldi. Sizning ushbu tashrifingiz davlatlararo munosabatlarimizga yangi impuls beradi”, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Koreya Respublikasi prezidenti O‘zbekistonga taklif uchun minnatdorlik bildirdi.

“O‘zbekiston qadimiy va boy tarixga ega, Buyuk ipak yo‘lining markazi bo‘lgan o‘lka. Bugungi kunda mamlakatingiz o‘z taraqqiyotining yangi erasiga qadam qo‘ymoqda. O‘zbekistonni Janubiy Koreyaning savdo va investitsiyaviy aloqalarni faollashtirishga qaratilgan “Yangi shimoliy siyosat”ida muhim o‘rin tutuvchi sherik deb bilamiz. Sizning Seulga tashrifingiz chog‘ida mamlakatlarimiz o‘rtasidagi strategik sheriklikni chuqurlashtirishga erishgandik. Bu safar uni alohida strategik darajasiga ko‘tarish niyatidamiz”, – dedi Mun Chje In.

Uchrashuvda mamlakatlar o‘rtasidagi hamkorlikni har tomonlama rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi. O‘zaro manfaatli yo‘nalishlarni topish, “soatlarni solishtirib olish” maqsadida siyosiy muloqot va maslahatlashuvlarni faol davom ettirish bo‘yicha yakdil fikr bildirildi. 

Savdo-iqtisodiy aloqalardagi o‘sish sur’atlari ijobiy baholanib, uni yanada oshirish uchun imkoniyatlar ko‘pligi qayd etildi. Shu maqsadda huquqiy va institutsional infratuzilmani takomillashtirish, turli darajadagi tashriflar va ishbilarmon doiralar o‘rtasidagi uchrashuvlarni ko‘paytirish zarurligi ta’kidlandi. 

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaGosudarstvenniy vizit Prezidenta Respubliki Koreya Mun Chje Ina v Uzbekistan
Mun Chje In Shavkat Mirziyoyevni Janubiy Koreyaga taklif etdi - Sputnik O‘zbekiston
Gosudarstvenniy vizit Prezidenta Respubliki Koreya Mun Chje Ina v Uzbekistan

Muloqot chog‘ida tomonlarni qiziqtirgan mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik masalalar yuzasidan ham fikr almashildi. Janubiy Koreya O‘zbekistonning mintaqada yaxshi qo‘shnichilik muhitini mustahkamlash, Orol fojiasi oqibatlarini kamaytirish, Afg‘onistonda tinchlik jarayoniga ko‘maklashishga qaratilgan amaliy sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlashini bildirdi. O‘zbekiston Koreya Respublikasining Koreya yarim orolida hamjihatlikni mustahkamlashga yo‘naltirilgan tinchliksevar siyosatini ma’qulladi.

Gosudarstvenniy vizit Prezidenta Respubliki Koreya Mun Chje Ina v Uzbekistan  - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va Janubiy Koreya o‘rtasida imzolangan hujjatlar ro‘yxati

Ta’kidlanishicha, keng doiradagi muzokaralarda asosiy e’tibor savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, moliyaviy-texnik, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi amaliy hamkorlikni rivojlantirish masalalariga qaratilgan

O‘tgan yili ikki mamlakat o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 2,1 milliard dollardan oshib, keyingi yillardagi eng yuqori ko‘rsatkich qayd etilgan. 

Ma’lum bo‘lishicha, mamlakatda koreyalik investorlar ishtirokida tuzilgan 660 korxona faoliyat yuritmoqda. Ularning 354 tasi yuz foiz xorijiy sarmoya hisobidan tashkil qilingan.

O‘zbek va koreys xalqlari azaldan yaqin va o‘xshash - Koreya prezidenti

Mirziyoyev barcha sohalardagi hamkorlikni yanada kengaytirishdan manfaatdor ekanini ta’kidladi. Janubiy Koreya prezidenti ilg‘or tajribalardan foydalanish va kadrlar malakasini oshirishga hissa qo‘shishga tayyor ekanini bildirdi.  

Yangiliklar lentasi
0