Madaniyat

Ruslar Oʻzbekistonda axil-inoq hayot kechirmoqda - Samarqand hokimi

Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Toshkentda oʻtkazilgan "Oʻzbekistonda millatlararo totuvlikni asrash, rus tili va madaniyatini rivojlantirish, vatandoshlar haqidagi tarixiy xotirani asrashda Oʻzbekiston rus milliy madaniyat markazining roli" mavzuidagi ilmiy-amaliy anjuman qatnashchilari 20 aprel kuni Samarqand shahriga tashrif buyurdi.

TOSHKENT, 20 apr - Sputnik. Oʻzbekistonda rus milliy madaniyat markazi tashkil etilganining 25 yilligi keng nishonlanmoqda, deb xabar qildi "Zarafshon" nashri.

Mixail Drozdov, Predsedatel Vsemirnogo koordinatsionnogo soveta rossiyskix sootechestvennikov - Sputnik Oʻzbekiston
Analitika
Drozdov: Oʻzbekistonda vatandoshlarimiz qanday yashayotganini oʻz koʻzimiz bilan koʻrdik

Sana munosabati bilan Toshkentda oʻtkazilgan "Oʻzbekistonda millatlararo totuvlikni asrash, rus tili va madaniyatini rivojlantirish, vatandoshlar haqidagi tarixiy xotirani asrashda Oʻzbekiston rus milliy madaniyat markazining roli" mavzuidagi ilmiy-amaliy anjuman qatnashchilari 20 aprel kuni Samarqand shahriga tashrif buyurdi.

Republika Rus milliy madaniyat markazi rahbarlari, Rossiya vatandoshlari butunjahon muvofiqlashtirish kengashi aʼzolari, Rossiya, Xitoy, Moldova, Ozarbayjon, Gruziya va boshqa davlatlardan kelgan mehmonlar Samarqand temir yoʻl vokzalida viloyat hokimi oʻrinbosari Qobilov boshchiligida keng jamoatchilik tomonidan tantanali kutib olindi.

"Samarqand shahar hokimligida oʻtkazilgan tadbirda shahar hokimi Furqat Rahimov mehmonlarni tabriklab, Oʻzbekistonda turli millat va elatlar qatori ruslar ham ahil-inoq, hamjihatlikda yashab kelayotganini taʼkidladi. Bu borada rus milliy madaniyat markazi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar alohida eʼtirof etildi", deyiladi xabarda.

Vladimir Tyurdenev - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Rossiya elchisi Oʻzbekistondagi Rus madaniy markazini yubiley sana bilan qutladi

Oʻzbekiston rus milliy madaniyat markazi raisi Sergey Mironov esa Oʻzbekistonda yaratilgan sharoit va imkoniyatlar markaz ishini risoladagidek yoʻlga qoʻyishda muhim omil boʻlayotganini, markaz tomonidan tashkil etilayotgan turli madaniy-maʼrifiy tadbirlar yosh avlod qalbida vatanparvarlik, millatlararo hamjihatlik, bagʻrikenglik, mehr-muruvvat gʻoyalarini qaror toptirishga xizmat qilayotganini qayd etgan.

Mehmonlar Samarqand shahridagi tarixiy obidalar va diqqatga sazovor joylarni tomosha qiladilar.

Yangiliklar lentasi
0