Turkiyalik harbiylar xalqaro mashg‘ulotlarda ishtirok etish uchun Toshkentga yetib keldi

Obuna bo‘lish
22—27 aprel kunlari "Forish" poligonida O‘zbekiston—Pokiston—Turkiya hamkorligida maxsus-taktik o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkaziladi.

TOShKENT, 20 apr - Sputnik. Bugun, 20-aprel kuni turkiyalik harbiylar Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida kutib olindi. Ular shu yerning o‘zidan hamkorlikdagi maxsus-taktik o‘quv mashg‘ulotlarda ishtirok etish uchun "Forish" poligoniga yo‘l oldi.

Eslatib o‘tamiz, 22—27 aprel kunlari "Forish" poligonida O‘zbekiston—Pokiston—Turkiya hamkorligida maxsus-taktik o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkaziladi.

Mazkur o‘quv mashg‘ulotlari 2019-yilga mo‘ljallangan O‘zbekiston Mudofaa vazirligi, Pokiston va Turkiya qurolli kuchlari o‘rtasida harbiy hamkorlik rejasiga muvofiq bir qator tizimli tadbirlar asosida amalga oshirilmoqda.

Ma’lumot uchun, bugun kechasi Pokiston harbiy delegatsiyasi ham Toshkentga uchib kelishi kutilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0