Oʻzbekistonda 2,7 ming mansabdorga intizomiy choralar koʻrildi

© © Sputnik / Aleksey DanichevMujchinы s portfelem v ruke. Arxivnoye foto
Mujchinы s portfelem v ruke. Arxivnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Taʼsir choralari natijasida 7 milliard soʻmlik 2 ming 800 daʼvo arizasi qanoatlantirilgan.

TOSHKENT, 20 apr - Sputnik. Oʻzbekistonda 2,7 ming nafar mansabdor shaxs intizomiy, 1,5 ming nafari maʼmuriy javobgarlikka tortildi, deb xabar qildi OʻzA.

Oʻzbekistondagi rahbarlar xalq bilan muloqotga chiqdilar - Sputnik Oʻzbekiston
Analitika
Oʻzbekistondagi mansabdorlar kutilmaganda xalq huzuriga kirib bordilar

Adliya vazirligi hayʼat majlisida 2019 yilning I choragida 6,5 mingdan ortiq tashkilotda huquqni qoʻllash amaliyoti oʻrganilgani qayd etildi. Bu jarayonda 690 ming qonunbuzilish aniqlangan.

Ushbu holatlar boʻyicha 5,5 mingdan ortiq taqdimnoma, sudlarga 15 milliard soʻmlik 3 ming 400 daʼvo arizasi, 20 ming 590 ogohnoma kiritilgan.

Taʼsir choralari natijasida 7 milliard soʻmlik 2 ming 800 daʼvo arizasi qanoatlantirilgan. 2,7 ming nafar mansabdor shaxs intizomiy, 1,5 ming nafari maʼmuriy javobgarlikka tortilgan, 124 nafar shaxs bilan tuzilgan mehnat shartnomalari bekor qilingan.

Yigʻilishda amalga oshirilgan ijobiy ishlar bilan bir qatorda ayrim adliya organlari va muassasalari tomonidan faoliyatida yoʻl qoʻyilgan xato va kamchiliklar ham tanqidiy tahlil qilinmoqda, deb yozadi nashr.

 

Yangiliklar lentasi
0