O‘zbekiston ilk bor xalqaro Tank biatlonida ishtirok etadi

© Ministerstvo oboroniSorevnovaniya po tankovomu biatlonu sredi voysk Ministerstva oboroni
Sorevnovaniya po tankovomu biatlonu sredi voysk Ministerstva oboroni - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Xalqaro tank biatlonida O‘zbekiston jamoasida 4ta ekipaj - 3ta asosiy va 1ta zahira, ishtirok etadi.

TOShKENT, 21 apr – Sputnik. O‘zbekiston 2019-yilda birinchi marta Xalqaro armiya o‘yinlari (ArMI-2019) doirasida o‘tkaziladigan eng nufuzli musobaqa – “Tank biatloni”da ishtirok etadi, deb  xabar qilmoqda Sputnik muxbiri Mudofaa vazirligi matbuot xizmatiga asosan.  

“O‘tgan yilgi IV Xalqaro armiya o‘yinlarining Tank biatloni yo‘nalishida o‘zbekistonlik harbiy xizmatchilar kuzatuvchi sifatida ishtirok etgan bo‘lsa, joriy yilda 4 ta tank ekipaji (3 tasi asosiy va 1 tasi zaxira) bilan Rossiyada o‘tkaziladigan ushbu musobaqada bahslashadi”, - deyilgan xabarda.

Ushbu ekipajlar 2019-yilning fevral-mart oylarida “Chirchiq” poligonida o‘tkazilgan saralash bosqichi davomida eng yuqori ko‘rsatkichlarni qayd etgan 4 ta tank ekipaji: tank komandiri, mo‘ljalga oluvchi-operator, mexanik haydovchilar orasidan tanlab olingan.

Chempionat mira po Tankovomu biatlonu. Final - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston ArMI-2019 harbiy o‘yinlarida ishtirok etadi

Hozirgi vaqtda ular Markaziy harbiy okrugining “Forish” poligonida yakka tartibda poyga va estafeta turlari bo‘yicha T-72 tanklarida intensiv amaliy tayyorgarlikdan o‘tashapti.

O‘zbekiston harbiylari tank biatloni o‘tgan  yil birinchi marta ishtirok etishgan edi. O‘shanda Tank biatlonini o‘tkazish uchun xalqaro standartlarga mos bo‘lgan maydon – Toshkent harbiy okrugining “Chirchiq” poligonida bunyod etilib, 9-may – Xotira va qadrlash kuni arafasi O‘zbekiston Mudofaa vazirligi miqyosida birinchi musobaqa tashkil etilgan edi.

Tank biatloni – tank ekipajlari o‘rtasida tankni boshqarish va unga o‘rnatilgan asosiy hamda zaxira qurollaridan mo‘ljalga aniq otish bo‘yicha amaliy musobaqa hisoblanadi. U Xalqaro armiya o‘yinlari (ArMI) dasturiga kiritilgan bo‘lib, eng nufuzli musobaqa hisoblanadi.

Xabarda aytilishiga ko‘ra, bu yil beshinchi marta o‘tkazilayotgan Xalqaro armiya o‘yinlari O‘zbekiston hududida ham bo‘lib o‘tadi. Xususan, 3-17 avgust kunlari bo‘lib o‘tadigan Harbiy-tibbiy estafeta musobaqalari O‘zbekistonda o‘tkaziladi.

Yangiliklar lentasi
0