Yekaterinburgda halok bo‘lgan ikki nafar o‘zbekistonlikning jasadi vataniga yuborildi

© Press-slujba aviakompaniiSamolet aviakompanii "Uzbekiston xavo yullari"
Samolet aviakompanii Uzbekiston xavo yullari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Avvalroq Rossiyaning Yekaterinburg shahrida xususiy uyda sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida O‘zbekistonning to‘rt nafar fuqarosi vafot etgani haqida xabar qilingan edi.

TOShKENT, 22 apr — Sputnik. Rossiyaning Yekaterinburg shahrida 2019-yil 17-aprel kuni yong‘in oqibatida vafot etgan ikki nafar O‘zbekiston fuqarosining jasadi vataniga yuborildi. Bu haqda O‘zbekistonning Yekaterinburgdagi bosh konsuli Abdusalom Hatamov o‘zining Facebook᾽dagi sahifasida ma’lum qildi.

Generalnoe konsulstvo Respubliki Uzbekistan v Yekaterinburge. - Sputnik O‘zbekiston
Yekaterinburgda qurilishga ishga kirish uchun kelgan to‘rt nafar o‘zbekistonlik vafot etdi

Avvalroq Rossiyaning Yekaterinburg shahrida xususiy uyda sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida O‘zbekistonning to‘rt nafar fuqarosi vafot etgani haqida xabar qilingan edi. Simlarning qisqa tutashuvi yong‘inga sabab bo‘lishi mumkin. Halok bo‘lgan Yekaterinburgga 15-aprel kuni qurilish obektlaridan biriga ishga kirish uchun kelishgan bo‘lgan.

Bosh konsul Abdusalom Hatamov O‘zbekistonning Yekaterinburgdagi bosh konsulxonasi nomidan halok bo‘lganlarning ota-onalari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildirgan.

Hatamov RIA Novostiga 1996 va 1998-yilda tug‘ilgan eng yosh vafot etganlarning jasadi vataniga yuborilganini ma’lum qilgan.

Fuqarolarning jasadlarini vatanga olib kelish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar mamlakat tomonidan qoplanadi.

RF tergov qo‘mitasining ma’lumotiga ko‘ra, 2019-yilning 17-aprelga o‘tar kechasi Yekaterinburgdagi Proxojaya ko‘chasida joylashgan uy yerto‘lasia kelib chiqqan yong‘inni bartaraf qilish chog‘ida 1989, 1995, 1996 va 1998-yillarda tug‘ilgan erkaklarning jasadi topilgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ular yong‘in va gazdan zaharlanish oqibatida vafot etishgan.

Yangiliklar lentasi
0