Dunyoda

Shri-Lankadagi teraktlar orqasida kim turibdi – ekspert fikri

Ekspertning fikriga koʻra, portlashlarni uyushtirgan terrorchilar katta xalqaro rezonans boʻlishini koʻzlashgan.

Shri-Lanka hukumati 23 aprel kuni halok boʻlganlar xotirasiga motam eʼlon qildi.

Seriya vzrыvov na Shri-Lanke - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Shri-Lankada yana bir portlash sodir boʻldi

Rossiya strategik tadqiqot Osiyo sektori rahbari Boris Volxonskiy fikriga koʻra, portlashlarni uyushtirgan terrorchilar katta xalqaro rezonans boʻlishini koʻzlashgan.

Volxonskiy fikriga koʻra, portlashlar sodir boʻlgan vaqt va obʼyektlar tasodifan tanlangani yoʻq. Bularning barchasi buning ortidan xalqaro tuzilma turishini koʻrsatmoqda.

“Koʻrinishidan, barcha iplar "Islom davlati"ga olib bormoqda. Xalqaro terrorizm tarmoq tamoyiliga asoslanganligi sababli, u qatʼiy tashkiliy tuzilmaga ega emas. Shunday qilib, har bir mamlakatda qandaydir yacheykalar mavjud boʻlib, ular oʻz tashkilotini tuzib, xalqaro terrorchilik harakatiga qoʻshiladilar”, - deb taʼkidladi Boris Volxonskiy.

Shri-Lankada katolik Pasxa bayrami vaqtida sodir etilgan 8 ta portlash oqibatida halok boʻlganlar soni 290 nafarga yetdi, yana 500 nafarga yaqin kishi jarohatlangan.

Hozirda terakt uyushtirganlikda gumonlanib, 24 kishi qoʻlga olingan.

Bundan tashqari, shu bugun ham Shri-Lankaning Kolombo shahrida yana portlash sodir boʻldi.

Sapyorlar terakt sodir etilgan cherkov yonida topilgan bombani zararsizlantirish vaqtida yuk mashinasi portlab ketgan.

Toʻliq izohni quyidagi podkast orqali rus tilida tinglashingiz mumkin.

Volxonskiy o teraktax v Shri-Lanke: predvidet takuyu situatsiyu bыlo slojno
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader