Ukrainaning O‘zbekistondagi elchisi missiyasini yakunlamoqda

© Sputnik / Stringer / Mediabankka o‘tishGoroda mira. Kiyev
Goroda mira. Kiyev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Elchi O‘zbekistondagi diplomatik faoliyatida ko‘rsatilgan yordam uchun minnatdorchilik bildirgan.

TOShKENT, 22 apr — Sputnik. 2019 yilning 22-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov o‘z diplomatik missiyasini yakunlayotgan Ukrainaning Favqulodda va Muxtor Elchisi Yuriy Savchenkoni qabul qildi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Posol Ukraini v Uzbekistane Yuriy Savchenko - Sputnik O‘zbekiston
Poroshenko Ukrainaning O‘zbekistondagi elchisini ishdan bo‘shatdi

Ma’lum bo‘lishicha, uchrashuvda ko‘p qirrali O‘zbekiston-Ukraina aloqalarining holati va ushbu hamkorlikni, birinchi navbatda ulkan foydalanilmagan salohiyat mavjud bo‘lgan savdo-iqtisodiy sohada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilingan.

“Muloqot chog‘ida ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlashda Elchining ko‘p yillik faoliyatiga yuqori baho berildi”, - deyiladi xabarda.

Elchi O‘zbekistondagi diplomatik faoliyatida ko‘rsatilgan yordam uchun minnatdorchilik bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, Potr Poroshenko farmoni bilan Yuriy Savchenko Ukrainaning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi lavozimidan bo‘shatilgan edi. Yuriy Savchenko hozir 65 yoshda, u 2010-yildan buyon Ukrainaning O‘zbekistondagi elchisi lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Yangiliklar lentasi
0