O‘zbekistonliklar uch oy ichida asosan qaysi kasalliklardan vafot etishgan?

© Sputnik / Kirill Braga / Mediabankka o‘tishKlinicheskaya bolnitsa skoroy meditsinskoy pomoshi v Volgograde
Klinicheskaya bolnitsa skoroy meditsinskoy pomoshi v Volgograde - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Davlat statitistika qo‘mitasi 2019-yilning yanvar-mart oylarida mamlakatdagi o‘lim holatlariga qaysi kasalliklar sabab bo‘lganini ma’lum qildi.

TOShKENT, 22 apr - Sputnik. O‘zbekiston Davlat statitistika qo‘mitasi 2019-yilning yanvar-mart oylarida mamlakatdagi o‘lim holatlariga qaysi kasalliklar sabab bo‘lganini ma’lum qildi. 

Davlat statitistika qo‘mitasi hisobotida qayd etilishicha, 2019-yilning yanvar-mart oylarida 37,1 mingta o‘lim qayd etilgan bo‘lib, mos ravishda 1000 aholiga nisbatan o‘lim koeffitsiyenti 4,5 promilleni tashkil etdi, 2018-yilning mos davriga nisbatan 0,2 promillega kamaygan (2018 yilning yanvar-mart oylarida 4,7 promille bo‘lgan). Uch oy mobaynida 20,7 ming nafar erkak va 16,4 ming nafar ayol vafot etgan.

V bolnitse - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston noto‘g‘ri ovqatlanishdan o‘lim holatlari darajasi bo‘yicha “yetakchi” bo‘ldi

Ushbu davrda qayd etilgan o‘limlarning 63,8 %i - qon aylanish tizimi kasalliklaridan, 9,0 %i - o‘simtalardan, 5,2 %i - ovqat hazm qilish a’zolari kasalliklaridan, 5,1 %i - nafas olish a’zolari kasalliklaridan, 4,3 %i - baxtsiz hodisa, zaharlanish va jarohatlanishlardan,1,4 %i - yuqumli va parazitar kasalliklardan hamda 11,2 %i - boshqa kasalliklardan vafot etgan.

Ro‘yxatga olingan 1 yoshgacha vafot etgan bolalar soni 1,6 ming nafarni tashkil etib, ularning 52,1 %i - perinatal davrda yuzaga keladigan holatlardan, 20,3 %i - nafas olish a’zolari kasalliklaridan, 16,0 %i - tug‘ma anomaliyalardan, 2,1 %i - baxtsiz hodisa, zaharlanish va jarohatlanishlardan, 2,1 %i - yuqumli va parazitar kasalliklardan, 0,7 %i - ovqat hazm qilish a’zolari kasalliklaridan va 6,7 %i - boshqa kasalliklardan vafot etgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Respublikasi doimiy aholisi soni 2019-yil 1-aprel holatiga 33 mln 375,8 ming kishini tashkil etib, 2019-yil boshidan 120,3 ming kishiga yoki 0,4 foizga o‘sgani haqida xabar qilgan edik.

Yangiliklar lentasi
0