Dunyoda

Nazarboyev kimni prezidentlikka nomzod sifatida ilgari surgani maʼlum boʻldi

© Sputnik / RIA Novosti / Fotobankka oʻtishNursultan Nazarbayev
Nursultan Nazarbayev - Sputnik Oʻzbekiston
Nursulton Nazarboyev Nur Otan partiyasidan Qozogʻiston prezidentligiga kimni nomzod sifatida ilgari surishini maʼlum qildi.

TOSHKENT, 23 apr - Sputnik. Nursulton Nazarboyev Kasim-Jomart Tokayevni Nur Otan partiyasidan Qozogʻiston prezidentligiga nomzod sifatida ilgari surishni taklif qildi. Bu haqda Sputnik Qozogʻiston xabar qilmoqda.

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev i prezident Kazaxstana Kasыm-Jormat Tokayev - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Oʻzbekiston va Qozogʻiston oʻrtasida qanday hujjatlar imzolandi?

“Men partiya raisi sifatida Kasim-Jomart Tokayev nomzodini koʻrib chiqish uchun taklif etaman. Mamlakatdagi yuksak lavozimga eng munosib nomzod deb hisoblayman. Hammangizni partiyamiz nomzodini qoʻlllab-quvvatlashga va unga ovoz berishga chaqiraman”, - dedi Nazarboyev partiyaning navbatdan tashqari qurultoyida.

Qozogʻistonning amaldagi prezidenti Kasim-Jomart Tokayev qozogʻistonliklarga murojaat qilib, shu yilning 9 iyun kuni navbatdan tashqari prezident saylovi boʻlib oʻtishi toʻgʻrisida qaror qabul qilganini maʼlum qilgan edi.

Qozogʻistonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev 19 mart kuni televideniye orqali millatga murojaat qilib, isteʼfoga chiqishini maʼlum qildi. Saylovgacha Qozogʻiston prezidenti vazifasini Parlament Senati spikeri Kasim-Jomart Tokayev bajarib turadi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader