Nur Otan partiyasi yig‘ilishida Nursulton Nazarboyev ko‘ziga yosh keldi – video

© Sputnik / Mixail Klimentyev / Mediabankka o‘tishPrezident Kazaxstana Nursultan Nazarbayev
Prezident Kazaxstana Nursultan Nazarbayev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Partiyaning navbatdan tashqari syezdida Qozog‘iston prezidenti lavozimiga nomzod ilgari surish taklif etildi.

TOShKENT, 23 apr – Sputnik. Nur Otan partiyasi navbatdan tashqari yig‘ilishida Qozog‘iston birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev ko‘ziga yosh keldi.

Video YouTubega joylashtirildi.

Nursulton Nazarboyev Kasim-Jomart Tokayevni Nur Otan partiyasidan Qozog‘iston prezidentligiga nomzod sifatida ilgari surishni taklif qildi.

Tokayevning nomzodini 623 nafar delegatlar tomonidan bir ovozdan ma’qullandi.

Eslatib o‘tamiz, Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev 19-mart kuni televidenie orqali millatga murojaat qilib, iste’foga chiqishini ma’lum qilgan edi.

Saylovgacha Qozog‘iston prezidenti vazifasini Parlament Senati spikeri Kasim-Jomart Tokayev bajarib turadi. 

Tokayev o‘z murojaatida Qozog‘istonda shu yilning 9-iyun kuni navbatdan tashqari prezident saylovi bo‘lib o‘tishini ma’lum qilgandi.

Yangiliklar lentasi
0