Qalbaki sertifikatlar va ortiqcha mukofot pullar: maktablarda kamchiliklar aniqlandi

© SputnikKoshelek s dengami
Koshelek s dengami - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘tkazilgan chora-tadbirlar natijasida 1 444 ta tashkilot hamda maktablarda jami 11 413,7 mln. so‘mlik moliyaviy xato va kamchiliklar aniqlangan.

TOShKENT, 23 apr – Sputnik. Xalq ta’limi vazirligining Ichki audit va moliyaviy nazorat boshqarmasi tomonidan 2019-yilning I choragi davomida xalq ta’limi tizimi muassasalarida budjet qonunchiligini buzish holatlari profilaktikasini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar tashkil etildi. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi axborot xizmati xabar qildi.

Kupuri nominalom patdesat tisach sumov - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonning qaysi vazirliklarida eng ko‘p moliyaviy qonunbuzilishlar aniqlandi

Xabarda aytilishicha, o‘tkazilgan chora-tadbirlar natijasida 1 444 ta tashkilot hamda maktablarda jami 11 413,7 mln. so‘mlik moliyaviy xato va kamchiliklar aniqlangan.

O‘tkazilgan tahlillar natijasida ortiqcha va qo‘shimcha rejalashtirilgan mablag‘lar 4 276,9 mln. so‘m (37,5 foiz aniqlangan umumiy mablag‘dan), haqiqatda ishlamaydigan xodimlarga, ortiqcha saqlangan shtat birliklari hamda ishchi-xodimlar tomonidan bajarilmagan ish hajmlari uchun amalga oshirilgan to‘lovlar 2 071,7 mln. so‘m (18,2 foiz), malaka toifalarini belgilash sertifikatlarini qalbakilashtirish hamda ustama va mukofot pullarining ortiqcha to‘lanishi natijasida aniqlangan to‘lovlar summalari 2 018,0 (17,7 foiz)ni tashkil etganligi aniqlangan.

Mazkur holatlar bo‘yicha tarkibida jinoyat alomatlari bo‘lgan 190 ta umumiy summasi 3 865,7 mln. so‘mlik o‘rganish materiallari huquq-tartibot organlariga topshirilib, 279 nafar mas’ul shaxsga nisbatan qonunchilikda belgilangan tartibda intizomiy choralar ko‘rildi.

Budjet qonunchiligini buzish holatlari profilaktikasini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar natijasida aniqlangan 3 023,4 mln. so‘m miqdordagi noqonuniy sarflangan budjet mablag‘lari belgilangan tartibda qaytarildi.

Koshelek s dengami - Sputnik O‘zbekiston
Moliya vazirligi eng kam ish haqlari qanchaga oshganini ma’lum qildi

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonning qaysi vazirliklarida eng ko‘p moliyaviy qonunbuzilishlar aniqlanligi haqida xabar bergandik.

Vazirlik va idoralar kesimida eng ko‘p miqdorda aniqlangan qonunbuzilish holatlari quyidagicha:

-  Oliy va o‘rta maxsus ta’limi vazirligi tizimida qonunbuzilish holatlari miqdori 6,2 mlrd. so‘mni tashkil etib, shundan 4,9 mlrd. so‘mi (78%) budjetga tiklandi;

-  Xalq ta’limi vazirligi tizimida qonunbuzilish holatlari miqdori 3,7 mlrd. so‘mni tashkil etib, shundan 3 mlrd. so‘mi (80%) budjetga tiklandi;

-  Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimida qonunbuzilish holatlari miqdori 1,5 mlrd. so‘mni tashkil etib, shundan 1,4 mlrd so‘mi (89%) budjetga tiklandi;

-  Maktabgacha ta’limi vazirligi tizimida qonunbuzilish holatlari 1,5 mlrd. so‘mni tashkil etib, shundan 1,2 mlrd. so‘mi (83%) budjetga tiklandi.

Yangiliklar lentasi
0