O‘zbekistonda OTMga hujjatlarni onlayn topshirish mumkin bo‘ladi

Obuna bo‘lish
Endi istalgan milliy OTMga hujjatlarni o‘z yashash joyidan uzoqlashmasdan yuborish imkoni yaratilgan.

TOShKENT, 23 apr – Sputnik. O‘zbekistonda OTMga hujjatlarni onlayn topshirish mumkin bo‘ladi.

Hukumat qarori loyihasiga muvofiq, 1-maydan boshlab O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalariga hujjat topshirish jarayoni boshlanishi rejalashtirilgan.

Davlat xizmatlari agentligining xabar qilishicha, endi istalgan milliy OTMga hujjatlarni o‘z yashash joyidan uzoqlashmasdan — Davlat xizmatlari markazlari orqali yoki uydan chiqmasdan — my.gov.uz portali orqali yuborish imkoni yaratilgan.

Quyida hujjatlarni onlayn tarzda yuborish uchun shakllarni to‘ldirishni o‘rgatuvchi grafikalar taqdim etilmoqda:

1-qadam. Pasport, yashash manzili, telefon ma’lumotlarini to‘ldirish.

© TeletypeKak zapolnyat formi dlya podachi dokumentov v onlayn-formate.
O‘zbekistonda OTMga hujjatlarni onlayn topshirish mumkin bo‘ladi - Sputnik O‘zbekiston
Kak zapolnyat formi dlya podachi dokumentov v onlayn-formate.

2-qadam. Siz tugatgan o‘quv muassasasi haqida axborot kiritish (kollej, litsey yoki maktab).

© TeletypeKak zapolnyat formi dlya podachi dokumentov v onlayn-formate.
O‘zbekistonda OTMga hujjatlarni onlayn topshirish mumkin bo‘ladi - Sputnik O‘zbekiston
Kak zapolnyat formi dlya podachi dokumentov v onlayn-formate.

3-qadam. O‘quv shaklini (kunduzgi, kechki, sirtqi) va tilini tanlash, test topshirish grafikini belgilash.

© TeletypeKak zapolnyat formi dlya podachi dokumentov v onlayn-formate.
O‘zbekistonda OTMga hujjatlarni onlayn topshirish mumkin bo‘ladi - Sputnik O‘zbekiston
Kak zapolnyat formi dlya podachi dokumentov v onlayn-formate.

Shu yerning o‘zida ustuvorlik tartibi bilan 3 ta istalgan oliy ta’lim muassasasini tanlab, sinovdan o‘tkaziladigan xorijiy til va imtihon topshiriladigan hududni belgilash zarur.

4-qadam. Davlat bojini to‘lash (maxsus tizimlar orqali onlayn to‘lov amalga oshirish imkoni joriy etiladi).

Shundan so‘ng ariza ko‘rib chiqish uchun yuborilib, bu haqida tegishli xabarnoma yo‘llanadi.

Yangiliklar lentasi
0