Buxorodagi mudhish YTHda yosh ona va uning bir yoshga to‘lmagan qizalog‘i halok bo‘ldi

© PixabayZnak avariynoy ostanovki
Znak avariynoy ostanovki - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shuningdek, Nexia haydovchi va yo‘lovchisiga kasalxonada tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

TOShKENT, 24 apr - Sputnik. Buxorodagi mudhish YTHda ikki kishi halok bo‘ldi.

O‘zbekiston IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasining xabar qilishicha, 23-aprel kuni Surxondaryo viloyati Denov tumanida yashovchi fuqaro boshqaruvidagi Nexia rusumli avtomashinani Buxoro viloyatining Romitan tumani hududidagi avtomagistral yo‘lida haydab ketayotgan vaqtda o‘zidan oldinda harakatlanib borayotgan fuqaro boshqaruvidagi “KAMAZ” rusumli yuk avtomashinasi orqa tomoniga urilib, to‘qnashuv sodir etgan.

Mashina posle DTP. Illyustrativnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Jizzaxda “Damas” yuk avtomashinasi bilan to‘qnashdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Natijada Nexia yo‘lovchisi bo‘lgan ayol jarohat olib, voqea joyida vafot etgan. Nexia᾽ning qolgan yo‘lovchilari, ayolning turmush o‘rtog‘i va 2019-yilda tug‘ilgan qizalog‘i, Surxondaryo viloyati Qumqo‘rg‘on tumanidagi kasalxonaga yotqizilgan.

Biroq  ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay, qizaloq vafot etgan.

Shuningdek, Nexia haydovchi va yo‘lovchisiga kasalxonada tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Jizzaxda “Damas” yuk avtomashinasi bilan to‘qnashishi oqibatida ikki kishi halok bo‘lgani haqida xabar qilgan edik.

Yangiliklar lentasi
0