Dunyoda

Donetsk va Lugansk aholisiga Rossiya fuqaroligini olish tartibi osonlashtirildi

© Sputnik / Igor Maslov / Fotobankka oʻtishPredvыbornыy forum dvijeniya "Donetskaya respublika" v Donetske
Predvыbornыy forum dvijeniya Donetskaya respublika v Donetske - Sputnik Oʻzbekiston
Ayni damda Rossiyada bir milliondan ortiq Ukraina fuqarolari istiqomat qilmoqda.

TOSHKENT, 24 apr - Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Donetsk va Lugansk  viloyatlari aholisiga Rossiya fuqaroligini olish jarayonini osonlashtirdi, deb xabar qilmoqda rasmiy Kreml sayti.

“Ukrainaning Donetsk va Lugansk viloyatlari hududlarida doimiy yashovchi kishilar uchun Rossiya fuqaroligini olishning soddalashtirilgan tartibi oʻrnatilsin, “Rossiya fuqaroligi haqida” nomli 62-sonli Federal qonunning 8 bandiga asosan”, - deyilgan hujjatda.

Xabarda aytilishiga koʻra, ushbu qaror xalqaro huquq normalariga asosan inson huquq va erkinliklarini himoya qilish maqsadida imzolangan.

Eslatib oʻtamiz, oʻtgan yilning noyabr oyida Ukraina oʻz hududiga 16 yoshdan 60 yoshgacha boʻlgan Rossiya fuqarolarining kirishini taʼqiqlab qoʻygan edi. Bunga javoban Rossiya hech qanday cheklov kiritmasligini, aksincha Ukraina fuqarolari uchun Rossiya fuqaroligini olish jarayonini osonlashtirishini eʼlon qilgan edi.

Ayni damda Rossiyada bir milliondan ortiq Ukraina fuqarolari istiqomat qilmoqda. Ularning aksariyati Ukrainaning sharqiy hududlaridan. Ular Rossiya hududida, patent yoki yashashga ruxsatnoma asosida istiqomat qiladi. 77 ming kishi “vaqtincha qochqin” maqomiga ega.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala