Jamiyat

Oʻzbekistonda ishsizlik darajasi eng yuqori boʻlgan hududlar maʼlum qilindi

© Sputnik / Andrey Stenin / Fotobankka oʻtishStroitelstvo doma
Stroitelstvo doma - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekistonda ishsizlik darajasi 2019 yilning I choragida 9,4 foizni tashkil etdi.

TOSHKENT, 24 apr – Sputnik. Oʻzbekistonda ishsizlik darajasi 2019 yilning I choragida 9,4 foizni tashkil etdi, deb xabar qildi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi matbuot xizmati.

Oʻzbekistonda ishsizlik darajasi - Sputnik Oʻzbekiston
Infografika
Oʻzbekistonda ishsizlik darajasi

Taʼkidlanishicha, bu koʻrsatkich 2018 yilning yanvar-dekabriga (9,3 foiz) nisbatan 0,1 foizga koʻp, biroq 2018 yilning yanvar-mart oylariga nisbatan 0,3 foizga pastroq.

Eng yuqori ishsizlik darajasi 9,7 foiz bilan Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Andijon, Qashqadaryo, Samarqand, Sirdaryo va Fargʻona viloyatlarida qayd etilgan boʻlsa, eng past koʻrsatkich Toshkent shahrida (8,0 foiz) aniqlandi.

Ishga muhtoj aholi soni 1 391,1 ming kishini tashkil etdi. Ishsizlik darajasi 30 yoshgacha boʻlgan yoshlar orasida 15,3 foizni, shundan 15-25 yoshlilar oʻrtasida 17,1 foizni, ayollar ishsizligi esa 13,0 foizni koʻrsatdi.   

Mehnat resurslari miqdori mehnatga layoqatlilar sonining 183,2 ming kishiga ortgani hisobiga 18 953,8 ming aholini tashkil etdi. Bu 2018 yilning yanvar-mart oylariga nisbatan 1 foizga koʻp.

Soiskatel zapolnyayet anketu - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Oʻzbekistonda ishsizlik boʻyicha sugʻurtalash tizimi joriy etiladi

Ijtimoiy faol aholi soni 14 767,1 mingga yetgan (2018 yil yanvar-mart oylariga nisbatan 1 foiz yuqori). Bunda rasmiy ijtimoiy sektordagi bandlik 5 412,1 ming kishini tashkil qiladi. Mazkur koʻrsatkich ijtimoiy sohada band boʻlganlar (92,2 mingga), shuningdek, patentga ega yuridik shaxs boʻlmagan tadbirkorlar (76,9 mingga) ortishi hisobiga 176,3 mingga (3,4 foizga) koʻpaygan.

Norasmiy sektordagi bandlik oʻtgan yilgi koʻrsatkich bilan bir xilda qolgan – 7 963,9 ming kishi. Bunda vaqtinchalik bir martalik va mavsumiy ishlarni bajaruvchilar soni (41,9 mingga) oshgani kuzatilgan, mehnat shartnomalarisiz ishlayotganlar va maxsus ruxsatnomasiz tadbirkorlik faoliyatini olib borayotganlar soni esa umumiy olganda biroz (3,6 mingga) kamaygan.

Ijtimoiy faol boʻlmagan aholi soni homiladorlik va tugʻish taʼtilidagi yoki 2 yoshgacha boʻlgan farzandlar qarovidagi ayollar (50,3 ming) ortishi hisobiga, garchi oʻz xohishiga koʻra band boʻlmagan shaxslar (8,7 mingga) biroz kamaygan boʻlsa-da, 4,186,8 ming kishini (1 foizga koʻpaygan) tashkil etdi.

Ish oʻrinlari yarmarkasi - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Oʻzbekistonda ishsizlik darajasi oʻzgarmadi

Tekshiruv natijalari chet elga ishga ketganlar soni birmuncha kamayganligini (19,4 ming) va 2 365,4 ming kishini tashkil etganligini koʻrsatdi.

Bundan tashqari, 2019 yilning yanvar-mart oylarida mehnat organlariga 173 265 shaxs (ulardan 61 880 nafari 16-30 yoshdagilar) murojaat qilgan.

Murojaatchilarning 61 983 nafari ishga joylashtirilgan, 49 016 nafari jamoat ishlariga jalb etilgan, 6 977 nafari kasbiy tayyorlovga yoʻnaltirilgan, 3 863 nafariga ishsizlik nafaqasi tayinlangan. 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala