Toshkentda avtobuslar suvga to‘lishi videoga olindi

Obuna bo‘lish
Kuchli yog‘ingarchilik oqibatida yuzaga kelgan toshqinlar natijasida poytaxt avtobuslarni suv bosdi.

O‘zbekistonliklar ijtimoiy tarmoqlarda ko‘plab videolarni joylashtirishdi.

Avtobus salonlarini suv bilan to‘lishi video tasvirga olingan.

Yog‘ingarchiliklardan so‘ng shahar ko‘chalari suvga to‘lgan, yo‘llar bo‘ylab avtomobillar, avtobuslar “suzishi” ko‘ringan.

Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati ta’kidlashicha, suv toshqinlarining sabablaridan biri - bu drenaj tizimlariga tashlangan chiqindilardir.

Hokimlik vakilining so‘zlariga ko‘ra, 40 dan ortiq hududida yog‘ingarchilik oqibatlarini bartaraf etish ishlari amalga oshirilib, ushbu tadbirlar uchun 50 dan ortiq maxsus texnikalar jalb etildi.

Toshkent shahar hokimining o‘rinbosarlari boshchiligida shahar shtabi tashkil etilib, tuman hokimliklari va mutasaddi tashkilot rahbarlarining tunu-kun uzluksiz navbatchiligi yo‘lga qo‘yildi.

Yangiliklar lentasi
0