Toshkentda ulkan daraxt qulab, yettita mashinani pachoqladi

© DarakchiOgromnie derevya povalilo v Tashkente
Ogromnie derevya povalilo v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentdagi kuchli yomg‘ir va uning oqibatlari aks etgan suratlar va videolar tarqalishda davom etmoqda.

TOShKENT, 24 apr — Sputnik. Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentdagi kuchli yomg‘ir va uning oqibatlari aks etgan suratlar va videolar tarqalishda davom etmoqda.

© DarakchiOgromnie derevya povalilo v Tashkente
Toshkentda ulkan daraxt qulab, yettita mashinani pachoqladi - Sputnik O‘zbekiston
Ogromnie derevya povalilo v Tashkente

Foydalanuvchilar Toshkentda kuzatilgan kuchli yomg‘ir sabab markaziy ko‘chalardan birida harakatlanayotgan avtomobillar ustiga daraxt ag‘darilishi aks etgan suratlar bilan o‘rtoqlashdi.

Ana shunday holatlardan biri Xalqaro Vestminster universiteti yonida suratga olingan.

© DarakchiOgromnie derevya povalilo v Tashkente
Toshkentda ulkan daraxt qulab, yettita mashinani pachoqladi - Sputnik O‘zbekiston
Ogromnie derevya povalilo v Tashkente

Kuchli yomg‘ir natijasida daraxt ildizidan qo‘parilib, mashinalar ustiga qulab tushgan. Dastlabki ma’lumotlarga qaraganda, yettitaga yaqin mashina abgor holatga kelgan.

Eslatib o‘tamiz, bugun Toshkentni yana suv bosdi. Shahar aholisi hattoki yo‘lkalardan o‘tishning iloji yo‘q ekanligi aytib, o‘z noroziliklarini bayon qilishdi.

Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati Sputnik O‘zbekiston muxbiriga ma’lum qilishicha, suv toshqinlarining sabablaridan biri bu drenaj tizimlariga tashlangan chiqindilardir.

Suv toshqinlarini bartaraf etish uchun maxsus Shtab tashkil qilindi

Hokimlik vakilining so‘zlariga ko‘ra, 40 dan ortiq hududida yog‘ingarchilik oqibatlarini bartaraf etish ishlari amalga oshirilib, ushbu tadbirlar uchun 50 dan ortiq maxsus texnikalar jalb etildi.

Yangiliklar lentasi
0