Iqtisod

“Lukoyl” Oʻzbekistonga yana 2 milliard $ sarmoya kiritadi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovPrezident kompanii "Lukoyil" Vagit Alekperov
Prezident kompanii Lukoyil Vagit Alekperov - Sputnik Oʻzbekiston
"Lukoyl" 2020 yil boshida Oʻzbekistonda qazib olinayotgan gaz hajmini oshirish uchun 2 milliard dollar sarmoya kiritadi.

TOSHKENT, 25 apr – Sputnik. "Lukoyl" Oʻzbekistonda amal qilayotgan loyihalarga yana 2 milliard dollar sarmoya kiritadi, shuningdek yangi konlarda ham razvedka ishlari oʻtkazadi, dedi kompaniya prezidenti Vagit Alekperov jurnalistlarga, RIA Novosti xabariga asosan.

Bugun Buxoro viloyatida joylashgan Qandim gazni qayta ishlash majmuasida “Lukoyl” kompaniyasining direktorlar kengashi majlisi boʻlib oʻtmoqda.

“Amal qilayotgan loyihalarimizda katta investitsion jarayonlar hali oldinda turibdi. Ulraning miqdori 2 milliard dollarga yaqin”, - dedi Alekperov majlis yakunida. Kompaniya prezidentining soʻzlariga koʻra, ushbu mablagʻlar Janubiy Hisor va Qandim guruhi konlarida kamaygan gaz hajmini toʻldirishga yoʻnaltiriladi.

Alekperov aytishiga qaraganla Lukoyl Oʻzbekiston shimolida uchta blokni oʻrganib chiqqan va ularda geologik razvedka olib borish uchun yangi sarmoyalar kiritishga tayyor.

Ushbu haqida biroz oldin “Oʻzbekneftgaz” kompaniyasi vakili Nodir Muxutdinov ham habar qilgan edi. Uning soʻzlariga koʻra "Lukoyl" 2020 yil boshida Oʻzbekiston shimolida uchta yangi  maydonchalarda geologik razvedka ishlarini boshlashi mumkin.

Eslatib oʻtamiz, "Lukoyl" Oʻzbekistonda 15 yildan beri ishlab kelmoqda. Kompaniya sarmoyalari umumiy hajmi 8 milliard dollarga yaqinlashdi. "Lukoyl" Oʻzbekistonda qazib olgan gazning umumiy hajmi 60 milliard metr kubga yetgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala