Jamiyat

"Olmazor" bekatidan Sergeliga qatnaydigan yangi avtobus paydo boʻldi

© Press-slujba xokimiyata g. TashkentAO “Toshshaxartransxizmat” poluchil novыe avtobusы
AO “Toshshaxartransxizmat” poluchil novыe avtobusы - Sputnik Oʻzbekiston
Sergelida yangi uylar qurilishi munosabati bilan, "Toshshahyoʻlovchixizmat" yangi avtobus yoʻnalishlari joriy etmoqda.

TOSHKENT, 25 apr – Sputnik. Sergelida yangi qurilgan uylarni shahar markazi bilan bogʻlash maqsadida yangi avtobus yoʻnalishi ochildi, deb xabar qilmoqda “Toshshahyoʻlovchitrans”.  

“Jumladan, 133A–“Yangi Sergeli mavzesi — “Olmazor” metro bekati” yoʻnalishi faoliyati joriy yil 25 apreldan yoʻlga qoʻyilmoqda. Ushbu yoʻnalishda avtobuslar 4 ta harakat jadvali asosida qariyb 7 kilometrlik qisqa masofa oraligʻida qatnaydi”, - deyilgan xabarda.

Xabarda aytilishiga koʻra, yangi avtobus yoʻnalishi joriy etishga sabab Toshkent shahrida yangi uy-joylarning qurilishi, shu asosda yangi mavze va aholi punktlarining bunyod etilayotgani jamoat transportiga talabning ortishiga sabab boʻlgan.  

Sergeli tumanida qisqa fursatda bunyod etilgan yangi uylar bugun katta mavzega aylandi.Shundan kelib chiqib “Toshshahartransxizmat” AJ tomonidan ushbu mavzelardan oʻtuvchi yoʻnalishlarning harakat jadvaliga qoʻshimcha avtobuslar biriktirishga qaror qilingan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala