Dunyoda

Poroshenko siyosati toʻliq barbod boʻldi – Putin

© Sputnik / Aleksey Nikolskiy / Fotobankka oʻtishPrezident RF Vladimir Putin
Prezident RF Vladimir Putin - Sputnik Oʻzbekiston
Rossiya yetakchisi kuni kecha Ukrainada boʻlib oʻtgan saylov natijalari boʻyicha oʻzining ilk munosabatini bildirdi.

TOSHKENT, 25 apr – Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Vladivostokda KXDR rahbari Kim Chen In bilan oʻtkazilgan Rossiya-Koreya muzokaralaridan soʻng oʻtkazilgan matbuot anjumanida chiqish qildi. Bu haqda RIA Novosti xabar qilmoqda.

Vladimir Putin vpervыe vstretilsya s Kim Chen Ыnom - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Uzoq kutilgan uchrashuv: Putin va Kim Chen In nimalarni muhokama qildi

Jurnalistlar oldida chiqish qilgan Rossiya yetakchisi kuni kecha Ukrainada boʻlib oʻtgan saylov natijalari boʻyicha oʻzining ilk munosabatini bildirdi.

“Bu Poroshenko siyosatining toʻliq barbod boʻlishi. Toʻliq va mutlaqo. Ishonchim komilki, yangi hukumat buni tushuna olmaydi”, - dedi Putin.

Anjuman davomida Putin Ukraina prezidenti saylovida gʻalaba qozongan Vladimir Zelenskiy davrida Rossiya-Ukraina munosabatlari qanday davom etishi mumkinligi toʻgʻrisidagi fikrlarini ham bildirib oʻtgan. Uning soʻzlariga koʻra, Moskva va Kiyev munosabatlari Ukraina yangi rahbarining olib bormoqchi boʻlgan siyosatiga bogʻliq boʻladi.

Debatы Petra Poroshenko i Vladimira Zelenskogo na stadione Olimpiyskiy v Kiyeve - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Poroshenko Zelenskiyning inauguratsiya marosimini buzmoqchi - OAV

“Biz munosabatlarni toʻla tiklash tarafdorimiz, ammo biz buni faqat bir tomonlama qila olmaymiz”, - deya maʼlum qildi Putin.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Vladivostokda Rossiya va KXDR yetakchilarining birinchi sammiti oʻz yakuniga yetgani haqida xabar qilgan edik. Muzokaralar 3,5 soatdan ortiq davom etdi. Ikki davlat rahbari 2 soat yuzma-yuz suhbatlashishdi.

Poroshenko sudga berildi

21 aprel, yakshanba kuni Ukrainada prezident saylovining ikkinchi bosqichi boʻlib oʻtdi. Saylov natijasiga koʻra prezidentlik lavozimi uchun kurash olib borgan Vladimir Zelenskiy saylovchilarning 73 foizdan koʻproq ovoz toʻplashga muvaffaq boʻldi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala