Dunyoda

Uzoq kutilgan uchrashuv: Putin va Kim Chen In nimalarni muhokama qildi

Rossiya va KXDR yetakchilarining muzokaralari 3,5 soatdan ortiq vaqt boʻldi, ulardan 2 soat yetakchilar tet-a-tet suhbatlashishdi.

TOSHKENT, 25 apr – Sputnik. Vladivostokda Rossiya va KXDR yetakchilarining birinchi sammiti oʻz yakuniga yetdi.

Shimoliy Koreya yetakchisining zirhli poyezdi. - Sputnik Oʻzbekiston
Foto
Kim Chen In - sirli va sertabassum odam

Muzokaralar 3,5 soatdan ortiq vaqt boʻldi, ulardan 2 soat yetakchilar yuzma-yuz suhbatlashishdi.

“Biz davlatlararo munosabatlar tarixi haqida gaplashishga muvaffaq boʻldik, bugungi kun, kelgusida ikki tomonlama munosabatlari istiqbollari haqida gaplashdik”, - dedi Rossiya yetakchisi.

Shuningdek, davlat rahbarlari Koreya yarimorolidagi vaziyatni muhokama qilishdi.

“Biz vaziyatni yaxshilash uchun nima qilish kerakligi xususida fikr almashdik”, - deb qoʻshimcha qildi Putin.

Uchrashuv Russkiy orolidagi Uzoq Sharq federal universtiteti binosida oʻtkazildi.  

Eslatib oʻtamiz, bu Kim Chen Inning Koreya rahbari lavozimiga qayta saylanganidan soʻng amalga oshirilgan birinchi xorijiy tashrifdir.

Dmitriy Juravlev - Sputnik Oʻzbekiston
Analitika
Siyosatshunos: Putin va Kim Chen In muzokaralari – AQSH uchun yoqimsiz syurpriz

Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In Vladivostok shahriga kecha 24 aprel kuni 230 kishilik delegatsiya bilan yetib kelgandi.

Shimoliya Koreya rahbari Rossiyaga tashrifini zirhlangan poyezdda amalga oshirmoqda.

Ushbu poyezdni Kim Chen Inning bobosi, KXDRning birinchi yetakchisi, Kim Ir Senga Iosif Stalin sovgʻa qilgan.

Zirhlangan poyezd haqida maʼlumot uncha koʻp emas, lekin shunisi aniq-ki, ushbu poyezd granatomet, gaz hujumi va havo hujumidan himoyalangan. Poyezd tarkibida vagon-garaj, 2 ta restoran, majlislar xonasi, qoʻriqchilar xonasi, elektr stantsiya bor. 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala