Siyosat

Qozogʻiston prezidentligiga ayol kishi nomzodi qoʻyildi

“Ak-Jol” partiyasi vakili Daniya Yespayeva Qozogʻiston prezidentligiga birinchi ayol nomzod boʻldi.

TOSHKENT, 25 apr – Sputnik. Qozogʻistondagi “Ak-Jol” partiyasi Daniya Yespayevani prezidentlikka nomzod sifaida ilgari surdi, deb xabar qilmoqda mahalliy OAVlar.

Nursultan Nazarbayev - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Nazarboyev kimni prezidentlikka nomzod sifatida ilgari surgani maʼlum boʻldi

Daniya Yespayeva Qozogʻiston prezidentligiga birinchi ayol nomzod boʻldi. Yespayeva 1961 yilda Oqtoʻbe viloyatida tugʻilgan. 1982 yilda Olma-Ota hisob-kredit texnikumini 1993 yilda Davlat boshqaruv Akademiyasini bitirgan. Mutaxassisligi – iqtisodchi.

Daniya Yespayeva asosiy ish faoliyatini banklarda oʻtkazshgan – umumiy hisobda 34 yil, undan 17 yil boshqaruvchi lavozimlarida.

Yespayeva “Kurmet” ordeni va Qozogʻiston mustaqilligining 20 yilligi – davlat mukofotlari bilan taqdirlangan.

Bugungi kunda Daniya Yespayeva “Kazkommertsbank”ning Oqtoʻbe filiali boshqaruvchisi lavozimida ishlaydi. Jamoat ishlarida va xayr-ehson aktsiyalarida faol ishtirok etib kelmoqda.

Oilaviy ahvoli – ajrashgan, 2ta farzandi bor, yoshi – 58da.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala