Siyosat

Oʻzbekiston-Belarus hamkorligining yangi yoʻnalishlari koʻrib chiqildi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev v Pekine provel vstrechu s Prezidentom Respubliki Belarus Aleksandrom Lukashenko
Prezident Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev v Pekine provel vstrechu s Prezidentom Respubliki Belarus Aleksandrom Lukashenko - Sputnik Oʻzbekiston
Mirziyoyev Pekin shahrida Belarus Respublikasi prezidenti Aleksandr Lukashenko bilan uchrashuv oʻtkazdi.

TOSHKENT, 25 apr – Sputnik. Shavkat Mirziyoyev Pekin shahrida Belarus Respublikasi prezidenti Aleksandr Lukashenko bilan uchrashuv oʻtkazdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar qildi.

Uchrashuvda Belarus prezidentining Oʻzbekistonga oʻtgan yilgi rasmiy tashrifi ikki tomonlama munosabatlar tarixida yangi sahifa ochgani, ularni sifat jihatidan yanada yuqori darajaga olib chiqqani va amaliy mazmun bilan boyitgani alohida taʼkidlangan.

Uzbekistan i Belarus reshili usilit sotrudnichestvo v oblasti podgotovki voyennыx kadrov - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekiston Belarus bilan harbiy kadrlarni tayyorlashda hamkorlikni kuchaytiradi

Shuningdek, uchrashuvda ilgari erishilgan kelishuvlar ijrosining borishi batafsil koʻrib chiqilgan. Prezidentlar ikki mamlakat oʻrtasida tovar ayirboshlash hajmi jadal ortayotganini mamnuniyat bilan qayd etganlar.

Belarusning "Amkodor", "MAZ", "MTZ" va boshqa yetakchi kompaniyalari bilan birgalikda sanoatning turli tarmoqlarida kooperatsiya loyihalari muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda.

Taʼkidlanishicha, uchrashuvda oʻzaro savdoni kengaytirish, mashinasozlik, qishloq xoʻjaligi, oziq-ovqat sanoati, axborot texnologiyalari, tibbiyot, farmatsevtika, turizm sohalarida qoʻshma dastur va loyihalarni amalga oshirish, taʼlim, madaniyat va boshqa yoʻnalishlarda hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. 

Stroyaщayasya atomnaya elektrostantsiya. Illyustrativnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekiston va Belarus AES sohasida hamkorlikni muhokama qildi

Xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik masalalar boʻyicha ham fikr almashildi.  

Uchrashuv yakunida ikki davlat rahbari sheriklikning yangi yoʻnalishlarini samarali rivojlantirish maqsadida turli darajadagi muloqotni faol davom ettirishga tayyor ekanini taʼkidladi.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Shavkat Mirziyoyev “Bir makon, bir yoʻl” xalqaro forumidagi ishtiroki doirasida Huawei kompaniyasining Tadqiqotlar va innovatsiyalar markaziga tashrif buyurgani haqida xabar qilgan edik.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala