Jamiyat

Oʻzbekistonda bahaybat baliq ovlandi

© Telegram kanal Potrebitel.uzMujchina derjit rыbu, poymannuyu na Tashmore
Mujchina derjit rыbu, poymannuyu na Tashmore - Sputnik Oʻzbekiston
Bu baliqni suvdan chiqarib olish uchun bir kishining kuchi yetmagan. Baliqni chiqarib olish uchun bir necha kishi yordamga chaqirilgan.

TOSHKENT, 25 apr - Sputnik. Oʻzbekistondagi noqulay ob-havo sharoitiga qaramasdan, mahalliy baliqchilar oʻzlarining sevimli ishlari bilan shugʻullanishda davom etishmoqda. Masalan, kecha ulardan biri kattaligi qoʻydek keladigan baliqni ovlashga muvaffaq boʻldi. Bu haqda "Potrebitel.uz" xabar qilmoqda.

Kanal - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Kanallarda baliq yetishtirish tartibi belgilandi

Baliqchilarning soʻzlariga koʻra, baliq Tuyaboʻgʻiz suv omborida tutilgan va uni bir necha kishi suvdan chiqarib olgan. Chunki bu baliqni suvdan chiqarib olish uchun bir kishining kuchi yetmagan.

“Baliq tortib koʻrilganda uning ogʻirligi 35 kilogrammni tashkil etdi”, - deyishdi baliqchilar.

Shuningdek, Baliqchilar hozirda Tuyaboʻgʻiz suv ombori va uning atrofidagi kanallarda baliq ovlash yaxshi ekanligini qayd etishgan.

Xoʻsh, baliq oviga boramizmi?

Eslatib oʻtamiz, oʻtgan yilning iyun oyida Xitoyning Guyyan shahrida baliqchilar mutant baliqni ovlashgan edi. Baliqning boshi qush boshini eslatadi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala