Vanna qabul qilayotgan kuchukchaning kulguli harakatlari – video

Obuna bo‘lish
Quvonchdan boshi ko‘kka yetgan kuchukchaning qay tarzda cho‘milgani aks etgan videolavha.

Hammamiz vanna qabul qilishni birdek xush ko‘ramiz, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Bamaylixotir oyoq uzatib, shirin orzular dunyosiga g‘arq bo‘lib, rohatlanishni kim ham istamaydi, deysiz.

Biz e’tiboringizga havola qilmoqchi bo‘lgan jajji qahramonimiz bu fikrlardan yiroq. Kuchukcha suv bilan limmo-lim vanna ichida suvni har tarafga sachratib sakrashni afzal bildi.

Quvonchdan boshi ko‘kka yetgan kuchukchaning qay tarzda cho‘milganini videoni tomosha qilgandan so‘ng batafsil bilib olasiz.

Yangiliklar lentasi
0