O‘zbekiston Tojikistonga traktor yetkazib beradi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaVistavka selxoztexniki v Sirdarinskoy oblasti
Vistavka selxoztexniki v Sirdarinskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Korxona Tojikistonga 100 dona chopiq traktori, 100 dona traktor tirkamasi va 10 dona paxta terish mashinalarini yetkazib beradi.

TOShKENT, 26 apr – Sputnik. "O‘zagrotexsanoatxolding" AJ boshqaruvi raisi Tojikistonning  "Nauselmash" YoAJ jamiyati boshqaruvi raisi bilan uchrashdi.

"O‘zagrotexsanoatxolding"  matbuot xizmatining xabar qilishicha, uchrashuvda korxonalar o‘rtasida hamkorlik, do‘stona aloqalarni yo‘lga qo‘yish va xorijiy investitsiyalarni jalb qilish masalalari muhokama qilingan.

Belorusskie traktori na vistavke v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Tojikiston O‘zbekistonga traktor eksport qilishga kirishdi

Xabarda qayd etilishicha, uchrashuv yakunida tomonlar dastlabki kelishuvga erishganlar. “O‘zagrotexsanoatxolding” AJ tizim korxonalari tomonidan ishlab chiqariladigan 100 dona chopiq traktori, 100 dona traktor tirkamasi va 10 dona paxta terish mashinalarini Tojikiston Respublikasiga yetkazib berishga kelishib oldilar”, - deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkiyaning FSM Traktor kompaniyasi O‘zbekistonda qishloq xo‘jalik texnikasini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishi haqida xabar qilgan edik.

Yangiliklar lentasi
0