“Sharq taronalari” festivalini o‘tkazish tartibi tasdiqlandi

© Press-slujba xokimiyata Samarkandskoy oblastiSharq taronalari festivali
Sharq taronalari festivali - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
“Sharq taronalari” festivalini har ikki yilda Samarqandda o‘tkaziladi.

TOShKENT, 27 apr  — Sputnik. Hukumat qarori bilan “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivalini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Otkritie XXVII Slavanskogo bazara v Vitebske - Sputnik O‘zbekiston
Yaqinda Toshkentga kelgan xonanda Dimashning yangi klipi namoyish qilinadi

Nizomga muvofiq, festival har ikki yilda bir marta avgust oyining uchinchi o‘n kunligida Samarqand shahrida Madaniyat vazirligi tomonidan o‘tkaziladi.

Tanlovda ishtirok etuvchilarga quyidagi talablar qo‘yiladi:

- konsertlarda chiqish tajribasiga egaligi;

- tanlov va festivallarda qatnashganligi;

- madaniyat va san’at sohasidagi yuqori tashkilotlar yoki festival direksiyasining tavsiyanomasiga egaligi;

- yoshi 18 yoshdan yuqori bo‘lishi.

Tanlovda ishtirok etishni istagan san’atkorlar va jamoalar festival o‘tkaziladigan yilning 1-iyunigacha info@sharqtaronalari.uz manziliga hujjatlarni yuborishi lozim.

© SputnikShark Taronalari
 “Sharq taronalari” festivalini o‘tkazish tartibi tasdiqlandi - Sputnik O‘zbekiston
Shark Taronalari
Yangiliklar lentasi
0