Xitoy mudofaa vaziri boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonda bo‘ldi

© MinoboroniVstrecha s voyennoy delegatsiyey Kitaya
Vstrecha s voyennoy delegatsiyey Kitaya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Xitoy mudofaa vaziri boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi va Mudofaa vazirligida uchrashuvlar o‘tkazdi.

TOShKENT, 28 apr – Sputnik. Kecha 27-aprel kuni O‘zbekiston Mudofaa vazirligida Xitoy mudofaa vaziri general-polkovnik Vey Fenxe boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilmoqda vazirlik matbuot xizmati.

Uchrashuvda mudofaa va harbiy ta’lim sohalarida O‘zbekiston – Xitoy hamkorligining joriy holati va rivojlanish istiqbollari atroflicha muhokama qilindi. Harbiy-texnik yo‘nalishda o‘zaro manfaatli aloqalarni mustahkamlash bo‘yicha fikr almashindi.

Rukopojatie - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va Xitoy Afg‘oniston masalasini muhokama qiladi

Shu kuni Xitoy mudofaa vaziri boshchiligidagi delegatsiya bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida ham uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda mintaqaviy xavfsizlik va ikki tomonlama harbiy hamkorlikning bugungi holati, tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar muhokama qilindi. O‘zaro manfaatli hamkorliklarni yanada rivojlantirish bo‘yicha fikr almashildi.

Muloqot chog‘ida o‘zaro manfaatli, aniq amaliy ruhdagi hamkorlikni rivojlantirishdan har ikki tomon birdek manfaatdor ekani bildirildi.

Tadbir so‘nggida O‘zbekiston va Xitoy mudofaa vazirliklari o‘rtasida 2019-yilga mo‘ljallangan ikki tomonlama harbiy hamkorlik rejasi imzolandi.

Bombardirovshik B-2 v polete - Sputnik O‘zbekiston
Xitoy o‘zi yaratgan "bombalar onasi"ni sinovdan o‘tkazdi

Mehmonlar Xotira maydonida bo‘lib, Motamsaro ona haykali poyiga gulchambar qo‘ydi. Ikkinchi jahon urushida jon fido qilgan yurtdoshlarimiz xotirasiga hurmat bajo keltirdi.

Aytish jozizki, O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida harbiy ta’lim sohasidagi hamkorlik rivojlanib bormoqda. Xitoylik mutaxassislar O‘zbekiston harbiy ta’lim muassasalarida tashkil etilgan uchrashuv va muloqotlarda qatnashgan bo‘lsa, o‘zbekistonlik harbiylar Xitoy armiyasi harbiy ta’lim muassasalarida o‘tkazilayotgan tayyorgarlik mashg‘ulotlarida ishtirok etmoqda.

Shuningdek, O‘zbekiston Qurolli Kuchlari akademiyasida Xitoy armiyasiga bag‘ishlangan zamonaviy, mavzulashtirilgan sinf xonasi tashkil etilgan. Joriy yilning sentabr oyidan ushbu oliy harbiy ta’lim muassasasida xitoy tilini zamonaviy yondashuvlar asosida o‘rgatish kurslarini tashkil etish rejalashtirilgan.

Yangiliklar lentasi
0