Nazarbayev Xitoyda Jeki Chan bilan uchrashdi

© AkordaNazarbayev vstretilsya s Djeki Chanom
Nazarbayev vstretilsya s Djeki Chanom - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Jeki Chan Qozog‘istonda film suratga olishni orzu qilayotgani haqida Nazarbayevga aytib berdi.

TOShKENT, 28 apr - Sputnik.  Nursultan Nazarbayev Xitoyda mashhur aktor Jeki Chan bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda Akorda nashri.

© AkordaNazarbayev Jeki Chan bilan uchashdi
Nazarbayev Xitoyda Jeki Chan bilan uchrashdi - Sputnik O‘zbekiston
Nazarbayev Jeki Chan bilan uchashdi

Uchrashuvda mashhur xitoylik aktor ijodiy jamoasining bir necha a’zolari ham ishtirok etishdi. Uchrashuv davomida Nazarbayev Jeki Channing dunyo kinematografidagi muhim rolini qayd etib, “Men, siz kabi mashhur aktor bilan uchrashishdan juda mamnunman. Sizni butun dunyoda yaxshi tanishadi”, - dedi Yelbasi.

“Jeki Chan esa, o‘zining yaqin yillardagi ijodiy rejalari hamda kino sohasida birgalikda amalga oshirish mumkin bo‘lgan loyihalar haqida so‘zlab berdi”, - deyilgan xabarda.

Eslatib o‘tamiz, Qozog‘iston Birinchi prezidenti Xitoyda bo‘lib o‘tgan “Bitta belbog‘, bitta yo‘l” forumida ishtirok etish uchun tashrif buyurgan edi.

© AkordaNazarbayev Jeki Chan bilan uchashdi
Nazarbayev Xitoyda Jeki Chan bilan uchrashdi - Sputnik O‘zbekiston
Nazarbayev Jeki Chan bilan uchashdi

2017 yilda Jeki Chan Qozog‘istonga Xitoy kinosi festivalining ochilish marosimida ishtirok etish uchun tashrif buyurgan edi. O‘shanda Jeki Chan “Qozog‘istonning takrorlanmas tabiati haqida ko‘p etishganini va bir necha yildan beri shu yerda kino suratga olishni orzu qilayotgani” haqda gapirgan edi.

© AkordaNazarbayev Jeki Chan bilan uchashdi
Nazarbayev Xitoyda Jeki Chan bilan uchrashdi - Sputnik O‘zbekiston
Nazarbayev Jeki Chan bilan uchashdi
Yangiliklar lentasi
0