Ramzan Qodirov nasroniylarni Pasxa bilan tabrikladi

© Sputnik / Aleksey NikolskiyRamzan Kadirov
Ramzan Kadirov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ramzan Qodirov pravoslav nasroniylarni Pasxa bilan tabriklar ekan, Chechenistonda turli din vakillari do‘stona yashayotganini qayd etdi.

TOShKENT, 28 apr - Sputnik. Checheniston rahbari Ramzan Qodirov pravoslav xristianlarni Pasxa bayrami bilan tabrikladi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.  

“Bugun pravoslav nasroniylar eng katta diniy bayramlardan birini nishonlamoqda... Ushbu kun men barcha pravoslavlarni chin yurakdan Pasxa bayrami bilan tabriklayman! Ularga musaffo osmon, oilaviy baxt va barcha ezgu ishlarida muvaffaqiyat tilayman”, - deb yozdi Qodirov o‘zining Telegram-kanalida.  

Qodirov aytishiga qaraganda, Chechenistonda qadim zamonlardan buyon turli millat va din vakillari tinch va osoyishta hayot kechirmoqda. Nasroniylar uchun barcha erkinliklar va sharoitlar yaratilgan. Respublikada katta va kichik cherkovlar va ibodatxonalar muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda.

Glava Chechenskoy Respubliki Ramzan Kadirov - Sputnik O‘zbekiston
Ramzan Qodirov: haqiqatni gapirganim uchun o‘zim qolib otlarim ham sanksiyaga tushdi

“Biz, millatlar va dinlar aro tinchlikni va hamjihatlikni saqlash uchun qo‘limizdan kelgan barcha ishlarni qilmoqdamiz. Qabul qilingan choralar Chechenistonda musulmonlar va nasroniylar orasida do‘stona va aka-ukachilik munosabatlarini saqlab qolishga va rivojlantirishga imkon bermoqda”, - deb qo‘shimcha qildi Respublika rahbari.

Eslatib o‘tamiz, Chechenistonda 1,5 millionga yaqin aholi yashaydi. Ularning 95 % chechen millatiga mansub, 2 % - ruslar. Qolgan millatlar orasida kumiklar (1%) avarlar (0,4%) va nogaylar (0,3%) bor. Bugungi kunda Chechenistonga 10ga yaqin cherkovlar va ibodatxonalar faoliyat yuritmoqda. Ushbu cherkovlarning aksariyati Checheniston hukumati ko‘magida barpo etilgan yoki qayta tiklangan. 

Yangiliklar lentasi
0