Saratov viloyatida o‘zbekistonliklar avtomobili avariyaga uchradi

© saratov24DTP v Saratovskoy ooblasti
DTP v Saratovskoy ooblasti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Avtomobil ichida bshlgan 7 kishining barchasi omon qolgan. Bir kishining qo‘li sinib, yelkasi shikastlangan.

TOShKENT, 28 apr – Sputnik. "Saratov - Tambov" katta yo‘lida ichida 7 nafar o‘zbekistonlik bo‘lgan Lada Largus avtomobili ag‘darilib ketdi, deb xabar qilmoqda Saratov24 nashri.

Voqea kecha 27-aprel kuni, "Saratov - Tambov" yo‘lining Rtishev tumanidan o‘tgan qismida, tuman markazidan 45 km uzoqlikda sodir bo‘lgan.  

O‘zbekiston davlat raqamiga ega bo‘lgan Lada Largus avtomobili YTHga uchragan. Avariya sodir bo‘lganda avtomobil ichida 7  kishi bo‘lgan. Ularning barchasi tirik qolgan. Faqat bir kishi qo‘li singan va yelkasi shikastlangan.

© saratov24DTP v Saratovskoy ooblasti
Saratov viloyatida o‘zbekistonliklar avtomobili avariyaga uchradi - Sputnik O‘zbekiston
DTP v Saratovskoy ooblasti

Voqea joyiga yetib kelgan qutqaruv xizmati xodimlari jarohatlanganlarga tezkor yordam ko‘rsatgan. Jarohat olgan fuqaro Rtishev tuman kasalxonasiga olib borilgan. Qolgan olti kishi tibbiy yordamdan voz kechgan.  

Dastlabki xabarlarga ko‘ra, YTHda avtomobil haydovchisining o‘zi aybdor.U boshqaruvni eplay olmagan. Natijada avtomobil yo‘l chetidagi chuqurlikka qulab tushib, ag‘darilib ketgan.

© saratov24DTP v Saratovskoy ooblasti
Saratov viloyatida o‘zbekistonliklar avtomobili avariyaga uchradi - Sputnik O‘zbekiston
DTP v Saratovskoy ooblasti
Yangiliklar lentasi
0