Shahram G‘iyosov Teylor ustidan irodali g‘alaba qozondi

© Press-slujba Natsionalnogo olimpiyskogo komiteta RUzUzbekskiy bokser Shaxram Giyasov
Uzbekskiy bokser Shaxram Giyasov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Boshida bir ikkita kuchli zarbalar o‘tkazib yuborgan Shahram G‘iyosov jangni ochkolar evaziga yutib chiqdi.

TOShKENT, 28 apr — Sputnik. Shahram G‘iyosov professional ringda o‘zining sakkizinchi jangini Amerikalik bokschi Emmanuel Teylorga qarshi o‘tkazdi.

Shahram uchun ushbu jang haqiqiy sinov va foydali tajriba bo‘ldi desak adashmaymiz. 10 raundga mo‘ljallangan janging birinchi raundi boshida Shahram, ko‘p kuch sarflab raqibiga seriyalai zarbalar berdi. Teylor esa, asossan himoyada turib, fursatni poylab turib chap qo‘li bilan o‘rta kuchli operkot zarbasi berdi. Shahram o‘shanda biroz muvozanatini yo‘qotsada, oyoqda turib qoldi. Keyin bir amallab raund yakunigacha chidab berdi. Ana shunday vaziyat 4 raundda ham takrorlandi, lekin mukammal jismoniy tayyorgarlik bu safar ham Shahramni mag‘lubiyatdan saqlab qoldi.

Emmanuel Teylor 28 yosh, professional ringda ancha tajribali bokschi. U shu kunga qadar 20ta jang o‘tkazib ulardan 14tasini g‘alaba va 6tasini mag‘lubiyat bilan yakunlagan. Teylor juda aqlli va mulohazali bokschi hisoblanadi. U ringda dastlab raqibning kuchsiz tomonlarini o‘rganadi va keyin aniq zarbalar beradi. So‘nggi mag‘lubiyatidan keyn 2-yil tanaffus olgan Teylor ushbu jangda o‘zining nimaga qodir ekanligini ko‘rsatdi.

Jang yakunida uchta hakam bir ovozda g‘alabani Shahramga berishdi. Ochkolar bo‘yicha Shahramning g‘alabasi 99-91, 99-91, 97-93 raqamlar bilan ifodalandi.

Shunday qilib Shahram G‘iyosov yengil vaznda WBA halqaro chempioni unvonini qo‘lga kiritdi. Bu professional ringda uning 8 g‘alabasi bo‘ldi. Eslatib o‘tamiz, oldingi janglarning 6 tasini Shahram muddatidan oldin g‘alaba bilan yakunlangan.

Yangiliklar lentasi
0